6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari .
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda
davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat
va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz .
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha
amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish –
2020” hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va
dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona
ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi .
Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-
yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali
soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp.“Biznes yuritish – 2020” hisobotida
koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-
mulkni roʻyxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois bugungi
videoselektor yigʻilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni
roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini
taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka boʻlgan huquqni
davlat roʻyxatidan mustaqil oʻtkazishga masʼul alohida tuzilma tashkil etish taklifi
bildirildi .
Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari
tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal
etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar bunga befarqlik va
masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi .
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini
koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi
bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsa-da, muammolar joyida
yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur
boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi .
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning
asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar
yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-
me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar,
korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik
biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq
bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari,
hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini
kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi
jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini
qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq
iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik
korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga
ega.Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan
mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan
Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik
faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjattlar asosida tashkil
etilmoqda.Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi
sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular
yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini
joriy qilish bilan ish jarayonini ta’minlovchi butun tizimni asosiy bog’lovchilik
sifatini o’zlarida namo-yon etmoqdalar.Bugungi kunga kelib, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida,
mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste’moli mollarini, qishloq
xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda
faoliyat
ko’rsatmoqda.Kichik
korxonalar
ishlab
chiqargan
mahsulot
davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi
va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi.
Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog’langan,
ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta
ishlovchilar
va
hokazolardir.Xususiy
tadbirkorlik,
kichik
biznesni
jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar
tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit
resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit
yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi
«Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil
30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta
korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar
kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 20
kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan
tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5
kishidan oshmagan mikrofirmalar .
Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni:
yengil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov bei shva asbobsozlik, yog’ochni
qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100
kishidan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan;
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda
boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik
korxonalar .
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga
tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli
o’tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o’z
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg’or texnologiyaga, kam turkumli
ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor
asoslarini tez o’zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko’ra kichik
korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar.
Ijara korxonalari.
Kichik qo’shma korxonalar.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi
ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab,
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani
yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi;
bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o’zgarib
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish
qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo’shliqni tezda to’ldirishga qodir bo’lib,
eng zamonaviy mashina uskunalari va texnolo-giyadan foydalanib sarflangan
sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi .
Kichik
biznes
va
xususiy
tabdirkorlikning
xususiyatlari
(muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish
vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga
ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni
talabning tez o’zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik
uyushmalarda ishlab chiqarish;
tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste’molchilar bilan mustahkam
aloqalar o’rnatish;
ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni
bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib
borish;
ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish;
boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va
loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez
o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va
samaraliroq foydalanish .
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini
tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan
madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojiini
jadallashtirish, sanoatning ilg’op tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish
sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot
texnologiyalarini, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan
ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan
tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab
chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya
yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi
texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik
biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni
tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni
rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini
ta’minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab
chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxona-
lar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi:
erkin mehnat resurslarining, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi,
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda
bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb
etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi;
aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma’naviy va kasb
darajasini ko’tarish;
aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq
iste’moli mollariga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish;
milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o’rta shaharlarni,
qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir
mintaqa uchun g’oyat muhim bo’lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish .
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-likning ijobiy
ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham
to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi,
shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish
zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu
jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil
bo’lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga
(iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni rivojlantirish uchun)
manba bo’lib xizmat qilishlari lozim.O’zbekistonda kichik korxonalarni
moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiiyalar va
sug’urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi
lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublika-sida ham agar korxona
ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va
boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning
eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy
shartlardandir.Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko’rib bo’lmaydigan xilma-
xil xatarli vaziyatlar katta ta’sir ko’rsatadi, kon’yunkturaning keskin o’zgarib
ketishi, mijozlarning to’lovga qodir bo’lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang
ahvolga tushirib qo’yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug’urtalar tizimi
yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug’urtalar barpo etilishi
zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta
bo’lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o’ziniki bo’lgan yoki qarz olingan
kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur
barqarorlikni yaratishi kerak.Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy
raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan
to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo
etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal
qilish lozim:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi
boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini
uyg’otish;
qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va
fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon
qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan
vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash;
mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to’laroq
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;
ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank,
auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan
va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash;
korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan
mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra
osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport
uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish .
Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda
yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar
mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida
band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi
yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik
biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida
tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.Bu
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni
hal qilish lozim:
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirish;
hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlash;
kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni
qo’llab-quvvatlash;
islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga
etkazish .
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati
muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar
kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
So’rov
o’tkazilgan
tadbirkorlarning
75
foizi
moliya-kredit
tizimini
takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo
qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun
islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan
omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: |