darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan
74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko’rsatkich 77,9 foiz, 2016 yilda 78,1 foizga
oshgan bo’lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga yetganini kuzatishimiz
mumkin.8 Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan
tushgan daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu
ko’rsatkich 70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo’nalishning kelajagi
porloqligini e’tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari
eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning
turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin tutmoqda .
Dostları ilə paylaş: