B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Davlat tasarrufidan chiqarish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga 
qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik 
shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining 
akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
xususiylashtirishga 
qaraganda 
ancha 
keng 
tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan 
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni 
ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini 
hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga 
aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha 
fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; 
ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga 
berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k . 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish 
mumkin: 1) davlat mulkini be’ul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat 


mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda 
sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish . 
Bu sanab o’tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali 
ifodalash mumkin . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan 
yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. 
Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. 
Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida 
cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga 
keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, 
xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar 
xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat 
mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni 
qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, 
korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni 
sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi 
ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab ‘ulli, 
‘ulsiz yoki imtiyozli tarzda o’tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir 
xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki 
hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 
rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek qo’yib, 
jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l va 
imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning 
davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum 
darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’pincha xususiylashtirish 
- bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning 
barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi 
mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish 
hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga 
olavermaydi . 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, 
xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar 
tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi 
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. 
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning 
keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur . 
Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik 
yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi 
kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish 
va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur . 
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi 
va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining 
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan 


biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona mulkida 
o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar . 
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa va 
shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari 
asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo 
raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona 
raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan 
mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi 

Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi 
kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni 
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali 
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha 
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi . 
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning 
yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. 
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu 
ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab 
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish 
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining 
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk 
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib qolmay, 
balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni 
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi . 
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, 
mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini 
ko’zda tutadi . 
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo’nalishlari bu ijara munosabatlarini 
rivojlantirish va akstionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum 
tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, 
oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat 
jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga ‘utur etkazmasligi, shu 
bilan birga iste’molchilar manfaatlariga ham zid bo’lmasligi zarur. Bu holda 
mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni 
boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat 
resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, 
tovar ishlab chiqarishni ko’’aytirish hisobiga bozorda narxlarning ‘asayishiga 
erishish yo’li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi 

Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati 
– bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (4-chizma) . 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat 
mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’’ 
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning 


turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish 
mexanizmlari yaratildi
16 . 
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondoshuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga 
oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z 
ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, 
mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, trans’ort 
va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar 
keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’’roq ijra korxonalariga, jamoa 
korxonalariga, yo’iq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Akstiyalarning 
nazorat ‘aketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi . 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy 
jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida 
muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va 
mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin