B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

4.3.Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati . 
Respublikada xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uning 
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda 
aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning maqsadli 
yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida
aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil 
dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi 
xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. O’zbekistonda 
xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni 
to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni 
bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator 
muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo
tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-


quvvatlashning Moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo 
etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini 
ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.Davlat mol-mulkini yangi 
mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga 
aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu 
korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo 
etishga ham sarflanadi.Navbatdagi muhim xususiyat — respublikada mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va 
ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular 
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar 
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura 
ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar 
va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda 
ayrim 
imtiyozlar 
berish 
kabilardir.Respublikada 
davlat 
mulkini 
xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezident I.A.Karimov tomonidan 
bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib 
chiqadi. Bular quyidagilar: a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini 
tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya 
etiladi. Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori 
bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning 
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalari ham mavjud. Bunday 
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon 
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi . 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin