cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi
orqali sotish va h.k. Xususiylashtirish aloqa va axborotlashtirish sohasida ham
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va hozirgi kunda yirik sarmoyaga ega bo’lgan
,, O’zbektelekom,, AK bilan birga ,, O’zbekiston pochtasi,, OAJ, ,, Matbuot
tarqatuvchi,, hissadorlik jamiyatlari hamda ko’plab tadbirkorlar bu sohada faoliyat
yuritmoqda.O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq
mulkchilikning xamma shakllari teng huquqli ekanligi qonuniy tarzda e’tirof etildi
va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga
ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo
mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va
amal kilish mexanizmlari yaratildi.Iqtisodiyotning ko’p ukladliligi raqobatni
taraqqiy topishiga olib keladi va iste’mol narxlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu
borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat va islohotlar bozor
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ro’y bergan yetishmovchiliklarni ijobiy bartaraf
etmoqda
va
iqtisodiyotni
sog’lomlashtirishga
xizmat
qilmoqda.Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga
ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2)
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish
hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (4.4-chizma).
Dostları ilə paylaş: