B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy 
boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat 
mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, 
ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati 
shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, 
balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va 
jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va 
shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.Shaxsiy 
mulk - bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila 
a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.Fuqaroning shaxsiy mulki 
asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan 
tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’payadi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari, 
xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi.Shaxsiy mulk 
ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa 
xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan 
mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik 
to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy 
xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq 
korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy 
mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo’lida 
ishlatilishi mumkin.Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin