B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-Chizma. Mulkchilik munosabatlari o’zaro bog’liqligi



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
4.1-Chizma. Mulkchilik munosabatlari o’zaro bog’liqligi
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan 
munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi 
huquqlar majmuidir: 
4.2-Chizma. Mulkchilik huquqining o’zaro bog’liqligi
Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk 
egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va 
yuzaki tus oladi . 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga 
davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 
mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy 
tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar soqasidagi 
aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni qamrab oladi. Shu sababli 
«O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman 
mulklar quyidagi mulk shakllariga guruhlanadi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy 
mulk, 
shaxsiy 
mulk, 
aralash 
mulk 
(4.3-chizma).
4.3-chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga, mulkchilik shakllari ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 


munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.Davlat mulki - egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk 
ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:1) xususiy 
mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;2) davlat mablag’lari hisobidan 
korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni 
amalga oshirish. Davlat mulki haqikatda ham xalqqa tegishli bo’lgan, 
bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga 
misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va 
transport vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish 
mumkin.O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika 
mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, 
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, 
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.Ma’muriy-
hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-
mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi 
korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash 
muassasalari kabilarning mol-mulki bo’ladi.Jamoa mulki - muayyan maqsad 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin