B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. 
Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi. Nomuntazam 
inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, 
to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushishi mumkin. 
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar 
ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga 
bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan 
ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon 
bo’ladi. 
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, 
yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, 
iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki 
taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi. 
4-mavzu: DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH 
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI 
4.1. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o’rni va ahamiyati. 
4.2. Iqtisodiyotda davlat va xususiy sektorlarning o’zaro aloqadorligi hamda 
ta’siri. 
4.3.Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati 
4.1. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o’rni va ahamiyati. 
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili 
hisoblanadi. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib 
belgilandi. Jumladan,makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va 
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish dolzarb masala hisoblanadi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayot-
gan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei 
va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgarisuradi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni yaqqolroq tushunish 
mumkin. Mulkchilik munosabatlari -bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha 


mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir 
orqali ifodalash mumkin: 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin