rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini
kuzatishimiz mumkin .
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori
foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida
narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past
texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga
keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi
iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan
chiqadi .
2. Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish
qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi.
Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga
kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi .
3.
Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning
monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan
bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan
Dostları ilə paylaş: