Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH
hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha
mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar
bundan mustasno) .
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan
monopolistic hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik
hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish
kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq
monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga
o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi .
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi,
shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu
esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z
aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash,
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi .
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda,
bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan
jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi
siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U,
birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni,
ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin
bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning
iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni
o’qotishni taqozo etadi .
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar,
qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana
shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin .
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin,
ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari
harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi,
xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va
hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam
beradi .
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli
ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita
tartibga solish .
Dostları ilə paylaş: