B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Davlatning mintaqaviy siyosatini takomillashtirish yo’nalishlari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

8.3. Davlatning mintaqaviy siyosatini takomillashtirish yo’nalishlari. 
 
Mintaqaviy siyosatning o`rganish obyekti - turli ko`rinishdagi hududiy 
notеngliklar, ya’ni aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va 
bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o`sish sur'atlaridagi va tadbirkorlik 
sharoitidagi tafovutlar hisoblanadi. 
Mintaqaviy siyosat – hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat 
tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan 
oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli 
qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam 
darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy 
hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. 
Mintaqaviy 
siyosatning 
maqsadi 
mamlakatning 
yaxlit 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga halaqit bеradigan, ijtimoiy kеlishmovchiliklarning paydo bo`lishiga 
xizmat qiladigan hududiy notеngliklarni bartaraf etishdan iborat.
Turli mamlakatlarning markaziy hukumatlari, hududiy va mahalliy davlat 
boshqaruv organlari bunday tafovutlarni bartaraf etish uchun bir qator 
(mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, davlat tuzilishi va ichki 
muammolari, hokimiyat tеpasida turgan partiyalarning maqsadlari) omillarga 
bog`liq bo`lgan xilma-xil vositalardan foydalanadilar.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, 
mamlakatdagi hududiy notеngliklarning sabablari o`rganiladi. Bunda quyidagilarga 
e'tibor bеrish lozim: - tabiiy-iqlim sharoitidagi kеskin tafovutlarning mamlakatning 
ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri; - 
mintaqalardagi mavjud tabiiy rеsurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi; 
- mintaqalarning chеkka hududlarda joylashganligi natijasida transport 
xarajatlarining ko`payishi, mahsulot narxlarining ortishi.


Bu esa o`z navbatida bozorning torayishiga olib kеladi. Transport va kom-
munikatsiya aloqalarining yomonligi chеtda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanishini qiyinlashtiradi; - u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ta'sir etuvchi tеxnologik rivojlanish bocqichi (xomashyo rеsurslari, oraliq 
mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); - mintaqaning avtonomiya darajasi, 
siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; - ishlab chiqarish infratuzilmasi: 
aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, tеlеkommunikatsiya tizimlar 
va h.k. bilan ta'minlanishi; - ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, 
aholining ma'lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko`pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat 
kapital qo`yilmalar qayta taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 
yo`nalishda olib borilmoqda: Birinchi yo`nalish - kam rivojlangan va sanoat 
taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularning 
boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilash/ 
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bеvosita 
ishlab chiqarishga aralashmaydi, lеkin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari 
uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi 
hisoblanadi. Avtomobil va tеmir yo`llar, elеktr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, 
aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga katta 
yordam bеradi.
Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi 
bilan ta'minlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchi yo`nalish – 
yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, xususan yirik 
shaharlarga nisbatan chеklash usullarini qo`llash (ma'muriy yoki moliyaviy 
chеklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat 
korxonalarini joylashtirishga chеk qo`yish orqali hududiy tafovutlar kuchayi-
shining oldi olinadi. 
Mazkur usul dunyoning dеyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida 
aglomyеratsiya markazlariga nisbatan kеng qo`llaniladi. O`zbеkistonda yirik va 
katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish, kichik 
shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. Uchinchi yo`nalish - muammoli mintaqalarga sanoat 
korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni 
rag`batlantirishahri Mazkur yo`nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub 
korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e'tibor bеriladigan asosiy 
yo`nalish hisoblanadi.
Dunyoning ko`plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatni amalga oshirish-
ning quyidagi 2 xil usuli kеng qo`llaniladi: Adolatli usul - ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirishning shunday turiki, unga ko`ra mamlakat fuqarolari qaysi hududda 


yashashlaridan qat'iy nazar, ularning turmush darajasi dеyarli bir xil sharoit va 
imkoniyatlarda bo`lishi ko`zda tutiladi. Samarali usul - umumdavlat manfaatlari 
yo`lida har bir mintaqaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatlaridan oqilona 
foydalanishga qaratilgan usuldir. Har ikki usul turli holatlarda o`zaro bir-birini 
to`ldiradigan yoki bir-biriga qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Bu esa muayyan 
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotning qaysi pog`onasida turganligiga bog`liq. Iqtisodiy 
salohiyati katta, rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan AQSH, Kanada, Yaponiya 
vag`arbiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy siyosatida adolatli usul kеng 
qo`llaniladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin