B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. 
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda 
YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini 
baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi 
sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati 
aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush faro-vonligi 
ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi 
o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish 
sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. 
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. 
Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi. 
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan 
holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga 
tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi. 
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. 
Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana 
bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir 
gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy 
hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish 
uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan 
yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, 
ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni 
ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud 
ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil 
ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, 
mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z 
ifodasini topadi. 
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 
gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik 
usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan 
foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va 
h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski 
texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish 


kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin. Lekin shuni ham alohida 
ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-
alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan 
tarzda bo‘ladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin