B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish: 
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli 
dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga 
yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat 
budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning 
daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni 
takomillashtirish; 
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini 
davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli 
rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda 
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga 
solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlash; 
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, 
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy 
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari 
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada 
kengaytirish; 
- sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi 
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni 
jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini 
joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi 
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta 
o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan 
xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. 
Oxirgi yillarda turli davlatlar Markaziy banklari valyuta kursini target-lashdan 
yoki pul massasi o‘sishini targetlashdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani 
targetlashni o‘z oldiga asosiy maqsad sifatida belgilamoqda. Hususan, 2010 yilda 
Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo davlatlar Markaziy banklarining 16,4 foizi inflyasion 
targetlash rejimiga o‘tishgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, 21,4 foiz davlatlar Markaziy 
banklari inflyasion targetlash rejimini amaliyotga qo‘llashgan. Ajablanarlisi bu 
jarayon doimiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Bundan, dunyoning ko‘pchilik 


davlatlari almashinuv kursini targetlash effekt bermayotganligini va inflyasiyani 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri targetlash lozimligini tan olayotganligi borasida xulosa chiqarsak 
bo‘ladi. 
Bir qator mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarning pul-kredit 
siyosatini inflyasion targetlash sifatida izohlash mumkin. Masalan, Amerikaning 
Stendforsk Universitetining mashhur professori Dj.Teylor, Amerika Qo‘shma 
Shtatlarining pul-kredit siyosati inflyasion targetlashning empirik qoidasi sifatida 
tavsiflanadi, deb hisoblaydi. Ushbu qoidaga binoan, Federal Zaxira Tizimi YaIM 
o‘zgarishining uning potensial ko‘rsatkichidan chetlashishiga hamda mavjud 
inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichidan chetlashishiga javoban, tizimli 
ravishda federal fond foiz stavkani (federal Fund Rate) to‘g‘irlab boradi. 
O‘ylaymizki, ko‘pchilik davlatlar uchun, shuningdek aksariyat olimlar uchun, 
mamlakatda narxlarning barqarorligiga (ya’ni past va bir maromdagi inflyasiya 
darajasiga) erishish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi birinchi omil hisoblanadi. 
Amaliyot esa shuni ko‘rsatmoqda-ki, iqtisodiy siyosatning, ya’ni bandlikning yuqori 
darajasi yoki yalpi ishlab chiqarishning o‘sishi kabi maqsadlarga erishish yo‘lidagi 
sa’y-harakatlar, barqaror narxlar tamoyiliga zid kelmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar, 
pul-kredit siyosati yordamida birdaniga bir necha maqsadlarda harakat qilishi, 
inflyasiyaning o‘sishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. 
Inflyasion targetlash, inflyasiya hali o‘zi haqida bildirmasdan turib, inflyasion 
choralar ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, inflyasion targetlash 
yetarli darajada oddiy jarayon hisoblanadi. Uning mohiyati quyidigidan iborat: 
Markaziy bank kutilayotgan inflyasiya dinamikasining prognozini belgilaydi; 
inflyasion prognoz inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari (imkon qadar erishilishi 
kutilayotgan) bilan taqqoslanadi; inflyasion prognoz hamda inflyasiyaning maqsad 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq pul-kredit siyosatida qanchalik tuzatishlar olib 
borilishi kerakligi haqida darak beradi. Inflyasion targetlashning mohiyati shundan 
iboratki, bunda Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilaydi, va 
unga erishish uchun barcha instrumentlardan foydalanadi. Inflyasion targetlashdan 
foydalanayotgan mamlakatlar, Markaziy banklar murojaat qiladigan standart 
usullarga qaraganda pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirishga yordam 
beradi, deb hisoblaydilar. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin