B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-mavzu: Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

9-mavzu: Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat 
Reja 
9.1. Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik cheklovlar. 
9.2. Iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlari 
9.3. Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati. 
 
9.1. Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik 
cheklovlar. 
O‘zbekistan Umumiy Mamlakat Tahlili (UMT) ning yangi taxriri COVID-19 
inqirozining 2020 yildagi ta’sirini va 2021 yildagi davom etayotgan ta’sirini hisobga 
olib, nafaqat xalq salomatligi va iqtisodiyotni, balki boshqa ko‘plab sohalarni va 
ko‘plab ijtimoiyiqtisodiy guruhlarni qamrab oladi. Shu yo‘l bilan, BMT Mamlakat 
Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil boshida kelishib olingan asosiy tahlilni 
qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 yuzaga chiqargan tizimli buzilishlar sharoitida 
O‘zbekiston oldida turgan rivojlanish muammolari va imkoniyatlarini jamoaviy 
tushunishni yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 
COVID-19 Epidemiyasi Oldidan Ta’sirchan Taraqqiyot Pandemiyaga qadar 
O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston iqtisodiyoti yillik 4, 1 foizga o‘sib bordi. 
Boshqaruvga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va unga nisbatan siyosiy aralashuvlar 
tez sur’atlarda sodir bo‘la boshladi. O‘zbekiston ijtimoiy sohalarga ham 
investitsiyalarni ko‘paytirdi.
E’tiborga molik iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qaramay, 
O‘zbekiston 2020 yil boshida inson huquqlari, qonun ustuvorligi, korrupsiya, sud 
mustaqilligi, shuningdek atrof-muhit va ijtimoiy himoya kabi qator sohalarda hali 
ham muhim muammolarga duch keldi. Ushbu muammolar pandemiyaga qaramay 


davom etmoqda. COVID-19 ga javob Hukumatning pandemiyaga bo‘lgan 
munosabati, umuman olganda, xalqaro hamjamiyat tomonidan olqishlandi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ayrimlariga quyidagilar kiradi: 
Xujjatning qisqa ta’rifi 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi Inqirozga Qarshi 
Jamg‘armani yaratish; Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni kengaytirish; Ijtimoiy 
nafaqa oladigan oilalar sonini ko‘paytirish; COVIDdan ta’sirlangan biznes va butun 
tarmoqlarga soliq ta’tillari va boshqa imtiyozlarning keng ko‘lami orqali yordam 
berish; va Mamlakatning BRM ustuvor yo‘nalishlariga e’tiborni qaratish uchun 
davom etadigan harakatlar.
Ammo yangi muammolar va xatarlar paydo bo‘ldi Qanday bo‘lmasin, 
pandemiya jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keldi, jumladan: Taxminan 
900 ming kishining, ulardan 500 ming nafari bolalar, inqiroz tufayli kambag’allik 
darajasi oshdi. 475 mingga yaqin kichik biznes vaqtincha yopildi. Pandemiya 
norasmiy sektor xodimlariga tegishli ijtimoiy ta’minotning yetarli mexanizmini 
ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatib berdi.
Ushbu qayta ko‘rib chiqilgan UMT avvalgi UMT-dan olingan uchta 
xulosalarni tasdiqlaydi: Insonlarni chetlatib qo‘yish va tengsizlikka qarshi kurashish 
milliy rivojlanish ustuvorliklariga erishishda rivojlanishning asosiy muammolari 
hisoblanadi. 2030 yil Dasturiga erishish uchun milliy BRMlarning olib borilayotgan 
milliy islohotlar bilan mustahkamroq integratsiyasi talab etiladi. Siyosat izchilligini 
ta’minlash, ma’lumotlar va statistik bo‘shliqlarni to‘ldirish va fuqarolik jamiyati 
imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hayotiy muhim omil bo‘ladi. 
Pandemiya eng katta muammo - sog‘liqni saqlash sohasida o‘zini ko‘rsatdi: 
COVID-19 ga nisbatan javob berishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, shu bilan 
birgalikda, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun muhim 
tibbiy xizmatlarni davom ettirish muammosi tug‘ildi.
Boshqa muammolar qatoriga ma’muriy imkoniyatlarning cheklanganligi
ichki muvofiqlashuvning sustligi, fuqarolik jamiyati uchun haddan tashqari 
cheklovlar va hukumatlararo cheklangan yondashuvlar kiradi. Bularning barchasi 
BRM ga erishishda muhim to‘siq bo‘lib qolayapti. Pragmatik (Dasturiy) Yondashuv 
Hozirgi BMTning Barqaror Rivojlanish bo‘yicha Hamkorlik Dasturi BMT 
tizimining 2025 yilgacha mo‘ljallangan faoliyatini olib boradigan asosiy dastur 
bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu Dastur milliy ustuvorliklarga to‘liq mos keladi va quyidagi asosiy 
tamoyillarni hal qilish uchun kompleks yondashuvga asoslanadi: hech kimni ortda 
qoldirmaslik, rivojlanish uchun inson huquqlari asosida yondashuv, gender tenglik 
va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, chidamlilik, barqarorlik va 
javobgarlikka asoslangan yondashuv. Xulosa qilib aytganda, COVID-19 inqirozi 
“hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilining tashkilotchilik tamoyili sifatida 


muhimligini ta’kidladi va bu BMTning barcha sa’y-harakatlarida yanada qat’iy 
qo‘llanilishi kerak. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin