ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir
etuvchi
boshqa
bir
qator
vositalardan
keng
foydalanadilar,
shu
orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy
faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy
siyosatiga asoslangan.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda,
boshqa mamlakatlar bilan
iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirda
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
davlat
tomonidan
tartibga
solish siyosatida ikki yo'nalishi bor:
1)erkinlashtirish;
2)
proteksionizm.
Ichki
bozorni
xorijiy
raqobatdan
himoyalashga
qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi.
Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni
kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir.
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos.
Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon
uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti:
- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda;
yagona
bojxona
ittifoqiga
kiruvchi
alohida
davlatlar
o'rtasida;
tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning
konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK)
doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq
tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga
oshiriladigan chora tadbirlar yig‘indisidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga
ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi.
Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo
siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar,
axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni
qamrab oladi va eksport va import siyosat lari
birgalikda tashqi savdo
siyosatini tashkil etadi.
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning
raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulldami jahon bozorida sotishga
va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yonaltirilgan chora-
tadbirlar
tushuniladi.
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat byurtmalari. budjetdan
moliyalash, imtiyozli kreditlar berish.
Tashqi savdo bo‘yicha
davlatning import siyosati, deganda mamlakatga
xarijdan tovarlar,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga
solishga
yo'naitirilgan
choratadbirlar
tushuniladi.
Bunday
tartibga
solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida
importni
to'g'ridan
to'g'ri
cheklash
hisoblanadi.
Bunda
litsenziyalash
va kontingentlash, importga oid antidemping
va kompensatsiya bojlari, eng kam
import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi.
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni
tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan
amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar
hamda
tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi.
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib.
valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishining asosiy yo'nalishlarini hamda
bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbiriami
ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho
metallar va toshlar bozori hisoblanadi.Davlatning valuta siyosati diskont va deviz
siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to'lov
balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi.
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini
taxminiy tuzatish uchun
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga
oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi
hajmiga,
qisqa
muddatli
investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi.
Deviz siyosati valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida valutani
xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi hisoblanadi.
Valuta intervensiyasi
Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi sotdisi bo'yicha maqsadli
operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki
pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. Valuta
cheklashlari
milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni
tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat.
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va
ishclii kuchi impoiti siyosatlariga bo'linadi.
Ishchi
kuchi
eksporti
siyosati
deganda
bir
mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun
qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga
oshiriladigan choratadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi
kuchini eksport qilish
natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha
valuta
daromadlarini
paydo
qilish
imkoniyati
yuzaga
keladi.
Ishchi kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib
kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: