B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-mavzu. IQTISODIYOT, BOZOR VA IQTISODIY SIYOSAT



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

1-mavzu. IQTISODIYOT, BOZOR VA IQTISODIY SIYOSAT 
 
1.1. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining 
roli . 
1.2. Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari 
va vositalari . 
1.3. Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi 
Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat 
organlarining roli . 
Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash 
turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda 
davlatning roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli 
bo’lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va 
tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, 
xo’jalik hisob-kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o’rtasida 
tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba’zida erkin tadbirkorlik 
tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo’lib, bozor 
iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining 
uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi. O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik 
iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va 
mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) 
iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi 
qarorlarning samarali va asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa 
doim ham ko’zga tashlanmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari 
faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. 
Bu erda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi. Bozor iqtisodiyoti 
qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo’lsada, uch yuz yildan beri amal qilib 
kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik 
bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor 
munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli 
aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo’lib, ularni Adam Smit o’z vaqtida 
«ko’rinmas qo’l» deb atagan.Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki 
K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. 
Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va 
taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri tushunish 
uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash 
qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur . 


Nomukammal bozor natijalari resurslarni qayta taqimlash yoki rag'batlantirih 
tarkibini o'zgartirih orqali tuzatiladi. Bozor etishmovchiligi nima ekanligini va nima 
uchun u davom etayotganini aniq aniqlamasdan turib, bozorda muvaffaqiyatsizliklar 
uchun echimni aniqlash mumkin emas.
Raqobatning keng, mukammal ta'rifidan foydalanib, raqobatdosh tadbirkorlar va 
iste'molchilarga vaqt o'tishi bilan bozorni muvozanat tomon yo'naltirishga imkon 
berish orqali bozordagi nosozliklar tuzatiladi. Bozorlar doimo mutanosiblikka 
intilishadi, unga hech qachon erishib bo'lmaydi. Buning sababi, inson bilimlari 
cheklanganligi va real sharoit o'zgarishi . 
Ba'zi bir iqtisodchilar va siyosatshunoslar bozorda yuzaga kelgan tanazzulni 
qoplash uchun mumkin bo'lgan aralashuvlar va tartibga solishni taklif qilmoqdalar. 
Tariflar, subsidiyalar, qayta taqsimlanadigan yoki jazo solig'i, oshkor qilish 
vakolatlari, savdo cheklovlari, narxlar va shiftlar va boshqa ko'plab bozor 
buzilishlari samarasiz natijalarni tuzatish asosida oqlandi . 
Boshqa iqtisodchilarning ta'kidlashicha, bozorlar tan olinmagan, ammo 
bozordagi muvaffaqiyatsizliklar noto'g'ri tuzilgan. Bozorlar biron bir idealga 
(mukammal raqobat) nisbatan muvaffaqiyatsiz bo'ladimi-yo'qligini so'rashning 
o'rniga, savol shuki, bozorlar odamlar taklif qilishi mumkin bo'lgan har qanday 
boshqa jarayonlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi . 
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga 
kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada 
davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. 
Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik 
foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi 
milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas . 
Bozor iqtisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar: 

bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy 
infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va 
x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi; 

atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish 
xavfi; 

ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig 
o`sishi; 

resurslarni adolatsiz taqsimlanishi xavfi; 
- iqtisodiyotning beйaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va 
x.k . 
Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning 
samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan 
shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi 


kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas. 
«Iqtisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va xukumat 
zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak 
chalish bilan barobardir»
*
Ilg’or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning 
aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy 
xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi . 
Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir.Davlatning asosiy iqtisodiy 
funktsiyalariga kuyidagilar kiradi: 
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xuquqiy baza 
va ijtimoiy muxitni ta`minlash; 
2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya qilish . 
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni qayta 
taqsimlash; 
4. atrof muxitni himoya kilish; 
5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash; 
6. iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya`ni, iqtisodiy kon`yukturaning 
o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini 
nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish . 
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos 
bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga 
oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi 
konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat 
kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib 
o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit 
yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro 
imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo 
kelishuvlar orkali erishiladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin