B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-mavzu. Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
6-mavzu. Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab 
quvvatlash siyosati 
Reja: 
6.1 Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati . 
6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari . 
6.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirish va 
qo’llab quvvatlash tizimi . 
 
6.1 Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati . 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy 
omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil 
faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning 
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan 
ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib 
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan 
shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda 
daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir . 
Jumladan 
Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganlaridek: 
“…«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aktsiyadorlik jamiyatlari, 


shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada 
kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.”Davlat 
moliyasini barqarorligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida, siyosiy 
va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish 
davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamlakatlar, xususan, 
MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishda qator 
funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy 
bo’g’ini — o’rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon 
bo’lishidadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari – foyda olish 
maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga qaratilgan xo’jalik 
faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali izohlanadi: - 
tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas’uliyat bilan bog’liq tashabbuskorlik 
faoliyati demakdir; - tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab 
qiladigan resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi; - tadbirkorlik 
faoliyati qo’shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o’zini oqlagan 
hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani
qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o’z yechimini 
topadi . 
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to’liq moddiy javobgarlik, maksimal darajada 
foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim iqtisodiy 
tamoyillari hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – savdosotiqqa 
asoslangan, narxlardagi farqlar hisobidan foyda olishni nazarda tutadigan hamda 
aniq iste’molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishga 
asoslangan faoliyatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy (rivojlanishda ustunlikka ega), 
jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli tarzda taraqqiy etadi . 
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini 
ta’minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo’lib 
bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda kichik biznesning 
ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo’g’i 1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2011 
yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko’tarildi. 2013 yilda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin yangi ish 
joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki mahsulot 
tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu sohada bandlik 


darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 
74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko’rsatkich 77,9 foiz, 2016 yilda 78,1 foizga 
oshgan bo’lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga yetganini kuzatishimiz 
mumkin.8 Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan 
tushgan daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu 
ko’rsatkich 70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo’nalishning kelajagi 
porloqligini e’tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq 
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari 
eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning 
turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin tutmoqda . 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin