B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
10.2. Davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari.
 
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun 
moʻljal-langan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul 
fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini 
hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat 
miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy 
(munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. 
doirasidagi pul daro-madlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar 
nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy 
xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni 
himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar 
koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi.
Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayom-
laridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan 
mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan 
miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet 
daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet 
harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi 
yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% 
ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib 
ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari 
qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar 
(davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, 
byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi 
davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil 
uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi 
ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ 
(parlament) tomonidan tasdiqlanadi. 
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham 
ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab 
D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha 
boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining 
oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning 
byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. 


Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar 
(fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish 
haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda 
soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari 
D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil 
qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar 
darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, 
tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam 
koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim 
oʻrinda turadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-
radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 
3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining 
oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun 
kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka 
erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor 
iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan 
Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga 
olinmoqda. 
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 
2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. 
Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari 
jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga 
koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi 
jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki 
qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, 
oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli 
yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston 
Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarish-
larida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining 
oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi 
Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat 
byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin