39
II BOB. QIYOSIY PEDAGOGIKA FANI RIVOJLANISHIDA
XALQARO TASHKILOTLAR VA ULARNING FAOLIYATI
2.1. YUNESKO tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
YUNESKO – bu tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta‘lim, fan,
madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib, u 1946
yilda tashkil etilgan.
1992 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171
davlati, shu jumladan, O‘zbekiston ham a‘zodir.
Bu tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo‘lib, uning
oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir.
Bu xalqaro tashkilotga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir
marta o‘zlarining Bosh konferensiyalariga to‘planadilar.
Bu anjumanda ular
YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu
dasturni amalga oshirish uchun unga a‘zo bo‘lgan davlatlar mablag‘ — byudjet
ajratadilar.
YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari
asosiy o‘rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida ―Urush haqidagi fikrlar
odamlar aqlida paydo bo‘ladi,
binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan
chiqarib, tinchilikni himoya qilish g‘oyasini tarbiyalamoq kerak‖- deb yozib
qo‘yilgan.
YUNESKO faoliyati o‘ta xilma-xil va ko‘p qirralidir. Loaqal uning ta‘lim
bo‘yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda ko‘p yo‘nalishlarda
olib boriladi va bu yo‘nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan
mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta‘limi rivojlanishidagi tendensiyalarni
tahlil
qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta‘lim bo‘yicha olib
borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma‘naviy rag‘batlantirish va hokazolar.
YUNESKO mazmunli ta‘limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida
bo‘lishini ta‘minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta‘limni va uning
shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi.
O‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil
oshirib borish, jahonning ba‘zi mamlakatlarida muammo bo‘lib
hisoblangan xotin-
qizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq-huquqlarini ta‘minlash,
ekologik ta‘limni yo‘lga qo‘yish darslik va dasturlarni takomillashtirish,
mamlakatlar o‘rtasida ta‘lim bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va boshqa
masalalarni hal etadi.
Bu saxovatli faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta‘lim
berish, ularni xalqaro hamkorlik, o‘zaro ishonch, do‘stlik, birodarlik ruhida
tarbiyalashga qaratilgan.
Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo
dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan
ekologik muhitni yaxshilash, atrof-
muhitni muhofaza etish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda
muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy
40
markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog‘liq
muhim
ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ma‘lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy
meroslarini, osori-atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash,
ta‘mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir.
Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy o‘rinni egallaydi.
Uning
ro‘yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori,
London Taueri, Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab obyektlar kiradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 1993 yildan boshlab O‘zbekistonning
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va boshqa joylaridagi ko‘plab tarixiy
obidalar ana shu ro‘yxatga kiritildi.
Har yili bu ro‘yxatga yangi - yangi tarixiy obidalar, yodgorliklar nomi qayd
etib boriladi.
YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalq og‘zaki ijodiyoti, folklor, o‘lanlar,
aytishuvlar,
maqomlar, xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi.
Ayniqsa, YUNESKOning adabiyot bo‘yicha roli salmoqlidir. Jahon adabiyoti,
uning shoh asarlari, adabiy meros u tomonidan e‘zozlanib, to‘planadi va jahonning
turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi. Shuningdek,
YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini voqea va
hodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib
uning rivojlanishiga
ko‘maklashadi.
Bu xalqaro muassasa ko‘plab vaqtli matbuot va nashrlarga homiylik qiladi.
Dostları ilə paylaş: