Savol va topshiriqlar:
1.
YUNESKO tashkilotining faoliyati nimalardan iborat?
2.
Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotida xalqaro tashkilotlarning o‘rni
qanday?
3.
YUNISEF tashkilotining ta‘lim sohasidagi vakolatlarini nimalardan
iborat?
4.
Xalqaro mehnat tashkiloti kadrlar va ularni ish bilan ta‘minlash
masalasi doirasidagi vazifalarni qanday amalga oshiradi?
5.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi
qanday imkoniyatlarni yaratib beradi?
III BOB. JAHON MAMLAKATLARIDA TA’LIM TARAQQIYOTINING
AYRIM MASALALARI
3.1. Ta’limni isloh qilishda o’quv dasturlarining ahamiyati
46
Vatanimizda
ta‘lim
tizimi
keng
qamrovli
islohotlarni
hamda
texnologiyalashtirish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan
kechirmoqda.
Ulardan
ko‘zda tutilgan maqsad – maktab faoliyatini
demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda
o‘quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va
yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning
muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni
tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali biz ta‘limda xato va
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari,
ta‘lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish
shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda
yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz.
Shuni e‘tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim sohasida ulkan
o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda, bizda ta‘lim mazmunini yangilash, uni
boshqarish, innovasion texnologiyalarni maktab hayotiga tatbiq etishda qator
muammolar mavjud.
Ta‘lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan
hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy
qilish sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan, jamiyat a‘zolarini
yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini
hamda o‘rta ta‘limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta‘lim
mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta‘limda tashabbuskorlik
va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el
tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta‘limniig, mamlakat ichki siyosatiga faol
ta‘sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e‘tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli
chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta‘minlashga ajratilayotgan
mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Jumladan, yaponlarda, ―maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli‖gina
bo‘lib qolmay, ―u insonlarni yaxshilaydi‖, degan fikr – ishonch va e‘tiqodga
aylangan.
Ta‘lim to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat-
e‘tiborida bo‘lgan. Shuning uchun AQSHning sobiq Prezidenti R. Reyganni,
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Tichcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni
―Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi‖ deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq.
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta‘lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab
davlat va xususiy tashkilotlar, universitet va pedagogik tadqiqot markazlari
shug‘ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta‘lim markazlari, masalan,
AQSHda xalqaro ta‘lim instituti muvofiqlashtirib boradi. Ko‘pchiligining faoliyati
o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta ko‘rishga qaratilgan.
47
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv
usul bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv
materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur
yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e‘tiroficha,
maqbul hisoblanadi.
1961 yilda ―Bosh yangi bazi‖» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarini
isloh qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti
(to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil),
kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy
ta‘lim joriy qilindi.
Har bir yo‘nalish o‘z navbatida bir necha qismga bo‘linadi. Masalan,
matematika,
algebra,
trigonometriya,
ish yuritish, kompyuter texnikasini
qo‘llashdan iborat. Barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritildi.
1985 yildan e‘tiboran barcha yuqori bosqich kollejlarining 90 foizi shu besh bazisli
tamoyil asosidagi dastur bilan ish olib boradi. Natija: majburiy tayyorgarlik
bo‘yicha ta‘lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib
o‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashdi.
XX asrning 80-yillarida majburiy ta‘lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada
chuqurlashtirildi. Hatto, ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va
adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda.
Ta‘limning boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan
bo‘ldi.
Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan ―Found Karnegi‖ pedagogik markazi bu
dasturni XXI asr dasturi deb baholadi. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni
G‘arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirildi. Masalan, Buyuk Britaniyada
ta‘lim vazirligining tavsiyasiga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta‘lim
muassasasining o‘zi belgilaydi.
Mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan
―yadro‖ predmetlar: ingliz tili va adabiyoti, matematika, din darsi, jismoniy
tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilishi shart
hisoblanib,
tanlab
olingan
predmetlarga
(gumanitar,
tabiiy,
matematik
mazmundagi) ajratiladi.
XX asrning 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari
o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti,
matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi.
Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota - onalar ixtiyoridadir.
―Yangi dunyo‖ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta‘limiga
ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga
oshirilyapti. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta‘lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta‘limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
48
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika ta‘limi yo‘lidan
bordi. Shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator farqli jihatlar
ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy
fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan.
Masalan, umumiy ta‘lim maktablarining yangi musiqa ta‘limi o‘quv dasturiga
milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan. Yapon xalqida
―Hamma narsa unitilganda ham ta‘lim esda qoladi‖ degan hikmatli gap bor.
Bundan ko‘rinadiki, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana
shu yo‘nalish asosida qurilgan.
Asosiy o‘quv dasturlariga ma‘lum cheklanishlarni kiritish, alohida
predmetlarni o‘rganishni kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtiradi va o‘quvchilarni
ortiqcha ―yuk‖dan xalos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda o‘quv kurslari
integratsiyasini amalga oshirish yordam beradi.
Bunga yorqin misol: o‘tgan asrning 60-80 yillarida tabiiy-ilmiy ta‘lim dasturi
tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba‘zi hollarda astronomiya, geologiya,
mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Fransiyada 4
yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘qitildi. O‘quv predmetlarini
integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la boshladi. Fransiyada
XX asrning 70-80 yillarida to‘liqsiz o‘rta maktablar o‘quv dasturidagi tabiiy-ilmiy
va gumanitar siklga eksperimental, iqtisodiy, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritildi.
Hozirgi
kunda
rivojlangan
mamlakatlar
o‘quv
dasturiga
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi. Fransiya
maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o‘quv soatlari
ajratildi.
Dostları ilə paylaş: |