74
Har trimestrning o‘rtasida qisqacha ta‘til (u half term (xaf term) deb ataladi)
rejalashtirilgan bo‘lib, oktabrning oxirida boshlanadi, shu kabi fevralning o‘rtasi va
mayning oxirlariga to‘g‘ri keladi.
Angliyada ikki tipdagi maktablar mavjud: davlat maktablari va xususiy
maktablar.
Davlat maktablari
Davlat maktablari davlat tomonidan ta‘minlanadi va mahalliy ta‘lim
muassasalari tomonidan boshqariladi. Ammo ko‘pgina davlat maktablari xususiy
ta‘minot manbalarini topishga ham harakat qilishadi. Bunday holatda ular dotatsiya
maktablari deb ataladi. Davlat maktablarida ota - onalar o‘qitish
uchun hech narsa
to‘lashmaydi. Boshqacha aytganda, o‘rta ta‘lim (11 yoshdan) barcha uchun
majburiy bo‘lib, bu bolalarning bilim saviyasi va qobiliyatidan qat‘iy nazar,
ularning qabul qilinishini bildiradi. Bunday maktablarda asosan aralash, ya‘ni
o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘qitiladi.
Shunga qaramasdan, qobiliyatli bolalar uchun
ham maktablar bo‘lib, ular imtihon natijalari asosida tanlab olingan va deyarli
alohida o‘qitish maktablariga ega. Hamma davlat maktablari kunduzgi, ya‘ni
maktab hududida yashashga mo‘ljallanmagan.
Milliy dastur davlat tomonidan ishlab chiqiladi
va barcha maktablar uchun
majburiydir. Ko‘pchilik xususiy maktablar milliy ta‘lim dasturiga amal qilishadi,
lekin fanlarni o‘qitishda o‘zgartirish huquqiga ega. Milliy dasturga quyidagi fanlar
kiradi: ingliz tili,
texnologiya va dizayn, geografiya, matematika, informatika,
musiqa,
tabiatshunoslik, chet tillari, san‘at, jismoniy tayyorgarlik, tarix.
Milliy dastur 4 bosqichga bo‘linadi va ―Bosqichlar‖ deb ataladi,
bu bolaning
yoshiga bog‘liq:
5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy bosqichdagi barcha fanlar o‘rgatiladi.
7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar chet tillaridan boshqa barcha fanlarni
o‘rganadilar.
11-14 yoshdagi (3-bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o‘rganadilar:
matematika, ingliz tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo‘shimcha hech
bo‘lmaganda bitta ijtimoiy fanni o‘rganishlari kerak:
geografiya yoki tarix,
shuningdek, san‘at bo‘yicha biror fanni: san‘at, jismoniy tarbiya yoki musiqa.
Maktab dars jadvali bo‘yicha bolalar xohishlariga qarab barcha ijtimoiy va san‘at
fanlarini o‘rganishlari mumkin.
16 va undan katta yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari
GCSE ─ General Certificate of Secondary Education. 10 - o‘quv yilini
boshlovchilar va mayqiyun imtihonlari bilan 11-o‘quv
yilini yakunlovchilar uchun
2 yillik kurs. Ballar tizimi: ―A‖dan ―G‖ gacha (―U‖ ─ o‘tib bo‘lmaydigan ball).
Agar bola ―A‖ level kursidan ko‘proq fan o‘rganishni istasa, u GCSE imtihonlarida
shu fan bo‘yicha ―S‖dan past ball olmasligi kerak.
―GCSE‖ imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin, lekin o‘rtacha
6 ta fan topshiriladi.
GCE “A” Level - General Certificate of Education Advanced Level.
Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-o‘quv yilini boshlovchilar va 13-
o‘quv yilini may iyundagi imtihonlar bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs.
75
Ballar tizimi: ―A‖ dan ―E‖ gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda ―N‖ balli
tenglashtiriladi. ―U‖ ─ o‘tib bo‘lmaydigan ball.
Imtihon topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba‘zan hatto 4) fan tanlanadi.
―AS‖ Level — 1 yillik kurs. Natijalari ―A‖ level 1 2 ballariga
tenglashtiriladi
Barcha imtihon natijalari avgustning uchinchi haftasida e‘lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: