72
Umumiy ta‘lim yo‘nalishidagi uch yillik ta‘lim litseylarida quyidagi fanlar
o‘qitiladi: adabiyot tarixi,
ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis,
ispan, italyan tillari bo‘lishi mumkin), tarix, geografiya, Fransiya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo‘nalishlariga qarab
matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o‘qitiladi. Shunisi diqqatga
sazovorki, o‘quvchining bu bosqichda chet tillarni o‘rganishiga katta e‘tibor
beriladi. Talab, o‘qishni tugatgach, o‘quvchilar kamida 2
ta chet tilini mukammal
bilishlari shart.
O‘quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o‘quvchilar oliy
maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Lekin hamma oliygohlarga ham imtihonsiz kirib bo‘lmaydi. Talabalar oliy
pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma‘muriy
maktablarga kirish
imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida
sinab ko‘riladi.
Oliy ta‘limga faqatgina bakalavriat litseyini tugatgan talabalar qabul qilinadi
Fransiyadagi oliy ta‘lim 2 turga ajratiladi:
─ universitet;
─ oliy maktab.
Davlatdagi 79 ta universitetning asosiy qismi ko‘p yo‘nalishli, ammo ba‘zilari bir
yoki ikki mutaxassislik bo‘yicha o‘qitadi. (Parij II: huquq va iqtisodiyot)
Fransuz ta‘lim tizimi davom etishiga ko‘ra:
•
Qisqa muddatli ─ 2 yil davom etadi. Bunday o‘qishlarga dose bo‘yicha
qabul
qilinadi, chunki ish joylari kam, xohlovchilar esa ko‘p. Qisqa muddatli
ta‘limning maqsadi ─ oz vaqt oralig‘ida kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va
ishga joylashishdir.
•
Uzoq muddatli ─ bakalavrlarning yarmi universitetlarda o‘qiydi, ammo
40%i bir yil ichida u yerni tark etadi. U 3 bosqichdan iborat:
• 1. 2 yil davom etib, umumiy ta‘lim bo‘yicha universitet diplomi qo‘lga
kiritiladi.
• 2. 1 yil davom etib, litsenziya olinadi.
Shuningdek, metris (ixtisoslashish)
yana, 1 yil.
• 3. O‘z ichiga ta‘lim hamda amaliyotni oladi va 1 yil davom etadi.
Dostları ilə paylaş: