G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Oliy ta`lim
Italiya oliygohlarida ko`proq o`rta asr an‘analari saqlangan. Bayramlarda 
Robin Gud uslubida kiyinishadi, turli rangdagi kepkalar kiyishadi. 
Oliy ta`limning zamonaviy andozalari 2001–2002 yillarda qabul 
qilingan. Bugungi kunda bu ta‘lim tizimida 60 000 professor dars beryapti.
Italiyada dunyoga mashhur universitetlardan biri – Bolonskiy dorilfununi 
mavjud. 
Italiyada oliy o`quv yurtlari ikki turga:  
- universitetlar; 
- oliygohlar va kollejlar.


84 
Italiyada 83 ta universitetlar, shu jumladan:  
- 58 ta davlat universitetlari;
- 17 ta nodavlat universitetlari; 
- 2 ta universitet xorijiy talabalar uchun;  
- 3 ta oliy maktablar; 
- 3 ta Politexnika universiteti.
Ma‘orif o`quv muassasalari nouniversitet sektorida bundan tashqari oliy 
ma`lumot olish mumkin bo`lgan to`rt turdagi ta`lim muassasalari mavjud:  
1. Oliy dizayn maktablari;
2. Politexnika, san`at oliygohlari;  
3. Nafis san`at akademiyasi;  
4.Konservatoriya. 
Italiyada Milliy akademiyaning: oliy maktablar, til tayyorgarligi hamda oliy 
va yarim oliy ma‘orif muassasalari faoliyat ko‘rsatadi. Bir qator davlat va 
xususiy oliygohlarda xorijiy talabalar ommabop yo`llanma asosida ingliz tilida 
dizaynerlik ishi, san`at va modani o`rganishlari mumkin. Italiya dorilfununlarida 
bir necha yo‘nalishli, bosqichli ikki turdagi o`quv dasturlari qo‘llanib, ular yangi 
tartib va an`anaviylikka asoslangan. Avvalgi standartlarga mos ravishda yangi 
talablar bilan birinchi bosqichda o`qitish amalga oshiriladi. 
Oliy ta`limning birinchi bosqichida o‘qish uch yil davom etadi 
Bakalavrlik dasturida asosiy mo`ljal o`qitishning umumiy ilmiy usullari, maxsus 
ta‘lim hamda kasb malakalarini egallashni maqsad qilib qo‘yilgan. Oliy 
ta`limning ikkinchi bosqichida yangi tizim bilan mos ravishda ikkinchi pog`ona 
ta`lim dasturlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi, dasturlarni ixtisoslashtirish 
madsadida birinchi bosqichni davom ettirgan holda magistirlik dasturlari davom 
ettiriladi. Ikkalasida o‘qish uch yil. 
Talabalar uchinchi bosqichda oliy ta`limni davom ettirish uchun yangi 
sistemada aspiranturani o`qiydilar.
Rimda 5 ta katta universitetlardan biri La Sapienzaga 200 ming abiturient hujjat 
topshirib, ortiqcha bo`sh o`rin yo`qligi sababli 10 abiturientdan 3 abiturient 
o‘qishga qabul qilinadi. Diplom olgan talabalar Angliya va Germaniyaga 
qaraganda 3 baravar kam. 
Kimyo, me‘morchilik, odontalogiyani o`rganish 5 yil, tibbiyot 6 yil. 
Mutaxasislar bakalavriat va magistraturani tugatgandan so‘ng akademik daraja 
olish uchun malakaga oid imtihon topshirib, o`qishni aspiranturada davom 
ettirishadi. Aspiranturada o`qish 3 yil davom etadi.
Imtihonlar yozma va og`zaki shaklda o‘tkaziladi. Adabiyot, tarix, 
tilshunoslik, filologiya odatda og`zaki topshiriladi. Har qaysi imtihon 99,9% 
mustaqil tayyorlanishni talab qiladi. 
Italiya ta‘lim tizimida har xil tilga oid kurslar tashkil etilgan. Til o‘rganish 
kurslarining turli ko‘rinishlari tarqalgan. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin