UDK: 338.24(075)
65.290-2
Ziyavitdinova N.
M enejm ent
: o ‘quv qo‘llanma/N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov,
Sh.N.Xayitov ; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi. - Т.: «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012-yil, 312 bet.
KBK 65.290-2
1. Y.M.O‘rinov
2. Sh.N.Xayitov
Taqrizchilar: i.f.d., professor Sh.N. Zaynutdinov
i.f.d., professor A.B.Nizomov
Ushbu o ‘quv qo‘llanma namunaviy va ish dasturlari asosida
tuzilgan. 0 ‘quv qoMlanmada menejmentning umumiy tavsifi,
uslubiy asoslari, rivojlanishi,
maqsadlari, vazifalari,
menejment
tizimida tashkilot turlari, tashkilot madaniyati, rahbar rollari,
qarorlar, menejmentda axborot va kommunikatsiya, menejment
samaradorligi, ishlab chiqarish menejmenti, sohaga oid boshqaruv
tamoyillari, marketingni boshqarish to ‘g‘risidagi mavzular yoritilgan
bo‘lib, oliy ta’lim tizimida iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olayotgan
bakalavrlar uchun o ‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Bundan
tashqari, menejmentning sir-asrorlarini o ‘rganuvchilar, o ‘qituvchilar,
iqtisodiyot mutaxassislarini tayyorlash
va qayta tayyorlash
markazlarining tinglovchilari qo‘llanma
sifatida foydalanishi
mumkin.
ISBN - 978-9943-362-68-0
© «Tafakkur-Bo‘stoni» MChJ nashriyoti, 2012.
© N.Ziyavitdinova, Y.O‘rinov, Sh.Hayitov, 2012.
2
KIRISH
Har qanday ijtimoiy mehnat jarayoni u xoh kichik, xoh katta
doirada boMsin, boshqaruvni talab qiladi. Kimdir xodim lar oldiga
maqsad qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, vazifalar bajarilishini
nazorat qilishi, kishilami
mehnat qilishga undashi, ularning hara-
katini baholab, muvofiqlashtirib borishi lozim.
Bugungi zamonaviy rahbar ham mutaxassis, ham tadbirkor,
ham tashkilotchi, shu bilan birga, ayni paytda o ‘z huquqini biladigan
va himoya qila oladigan kishi boMishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda to ‘plangan
amaliy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalikni uzoq davomli
va muvafaqqiyatli faoliyat yuritishining eng asosiy omillaridan biri
menejment va menejerlar faoliyati bilan bogMiq ekan.
Menejmentning eng ixcham ta’rifini quyidagicha keltirish
mumkin: menejment —
bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va
malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni
tashkil etish, boshqarishdir. Menejment nafaqat biznesni qanday
olib borishni tushunishga yordam beruvchi,
balki turli-tuman
vaziyatlarda xatoliklardan qochishni o ‘rgatuvchi inson bilimlari
sohasidir. Zamonaviy menejment ko‘pincha strategik rejalashtirish
va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan duch kelmoqda,
chunki tashqi muhitning to‘satdan va tez o ‘zgarishi, asosan
texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga
boshqaruv strukturalari ham o‘zgarmoqda, ko‘proq nomarkazlashuv
afzal ko‘rilmoqda. Tashkiliy mexanizmlar
yangi muammolaming
chiqishiga va original yondashuvlaming ishlab chiqilishiga mos-
lashib bormoqda. Qabul qilingan qarorlaming bajarilishi ustidan
nazorat qilish ketma-ketlikda bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi
manyovrlar yangi vaziyatlarda ulami sarflashdagi punktuallikka
qaraganda ko‘proq qadrlanadi.
3
Kompaniyani boshqarishning yangi xususiyatlarini o ‘rganish
iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida birinchi darajali ahamiyatga
ega. Yuqori noaniqlik vaziyatida faoliyat ko‘rsatish korxona
rahbariyati uchun oddiy bozor xo‘jaligi
sharoitidagiga qaraganda
ancha murakkabdir.
M enejmentni fan sifatida kiritish hozirgi vaqtda katta iqtisodiy
yutuqlar, innovatsion o ‘zgarishlar, inson mehnatiga umuman
yangicha b o ‘lgan yondashuvlar, ijodiy individuallikning rivojlanishi
va boshqalar bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishlaming barchasini
o ‘rganish mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan hamda
samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko‘maklashadi.
Bozor munosabatlari sharoitida fanini o‘rganish ehtiyoji kun
say in kengay ib bormoqda. Zamonning o ‘zi yangicha fikrlay oladigan,
aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik
qobiliyatlarini o ‘zida mujassamlantirgan rahbar xodimlarga talabni
kuchaytirmoqda. Mazkur o ‘quv qo‘llanma menejment fani doirasida
talabalar bilimlarini shakllantirishga va kengaytirishga xizmat qiladi
degan, umiddamiz.