Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo,
obyekt so‘zining lug‘aviy m a’nosiga e’tibor berish lozim. Obyekt
— bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogMiq boMmagan
holda mavjud boMgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot,
kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va
h.k. Demak, obyekt tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning
faoliyatidan) tortib to makrovoqelik (moddiy dunyo, jamiyat)
darajasigacha boMgan m a’noni o ‘z ichiga oladi.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari
menejmentning subyekti, y a ’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar
— boshqaruvchilar boMib hisoblanadi.
Makrodarajada boshqaruv obyekti mamlakat (respublika),
viloyat, shahar, tuman boMsa, megodarajada konsem, sector
(tarmoq), mikrodarajada esa, korxona, tashkilot, firma, kompaniya,
xodimlar, ishlab chiqarish, samaradorlik, o ‘z-o‘zini boshqarish
hisoblanadi.
M ak ro d arajad ag i boshqaruv subyekti qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi, sud hokimiyati, viloyat deputatlari, viloyat hokimi-
yatlari, viloyat sudlari, tuman halq deputatlari, tuman (shahar)
hokimliklari, tuman (shahar) sudlari, m eg odarajada qo‘mitalar,
vazirliklar, m ik ro d a ra ja d a jamoa kengashi va raislar, firma
prezidenti, korxona rahbarlari, bo‘gMn boshliqlari, fuqarolar yigMni
sanaladi. Shunday qilib, har qanday hodisa yoki jarayon negizi
boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan
tashkil topadi.
Menejment fani voqelikni bilishga bagMshlangan umum-
falsafiy usullarni qoMlaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi obyektni aks
ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi m a’lumotlar jamlab
baholanadi. Bu m a’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi
voqelikka oid boMishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi
em pirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning
sir-asrorlarini
ilmiy asosda o ‘rganish,
tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi
(1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: