‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

Sotsiologik kuzatuv usuli
• 
Boshqarish maqsadida turli 
so‘rovnomalar, suhbatlar, test- 
lar, 
infratuzilmaviy tahlillar 
o‘tkazish
Ilm iyjihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning 
hammasidan uzviy bogMiqlikda foydalanishni taqozo etadi.
1.3. 
M enejm entning m aq sad lari 
M aqsad
— bu muddao, murod, biror niyatga erishish uchun 
ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, 
o ‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi.
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiIadigan asosiy talablar:
1. M aqsad bir m a’noli va aniq boMishi lozim;
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin boMishi kerak;
3. Maqsad miqdoran oMchovga ega boMishi zarur;
12


4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli boMishi kerak;
5. Maqsad boMimlar va mas’ullar b o ‘yicha detallashtirilgan 
boMishi kerak;
6. Maqsad k o ‘p qirrali boMishi lozim.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ulam i 
muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi 
(1.2-jadval).
1.2-jadval
Maqsad turlari
Maqsadni turkumlash
belgilari
Maqsadlar
1
Umumjamiyat 
miqyosidagi muno- 
sabatlami aks ettirishiga 
qarab
• siyosiy maqsadlar
iqtisodiy maqsadlar
• ijtimoiy maqsadlar
• ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
• xalqaro munosabatlar sohasida- 
gi maqsadlar va boshqalar.
2
Boshqaruv darajalariga 
qarab
• Hududiy maqsadlar:
- mamlakat maqsadlari
- viloyat maqsadlari
- tuman maqsadlari
- qishloq maqsadlari
- ishlab chiqarish maqsadlari
- xalq xo‘jaligi maqsadlari
- tarmoq (sektor) maqsadlari
- korxona (firma) maqsadlari
- yakka shaxs maqsadi
3
Amalga oshirish 
muddatiga qarab
• joriy maqsadlar
4
Boshqaruvning amalga 
oshirilishiga qarab
• istiqboldagi maqsadlar
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar
- fursatli maqsadlar
- bir martalik maqsadlar
13


5
Kutiladigan natijalarga 
qarab
pirovard maqsadlar
6
Murakkablik darajasiga 
qarab
• oraliq maqsadlar
- oddiy, an’anaviy maqsadlar
- muammoli maqsadlar
- innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar 
o ‘zaro bogMiq bo‘lib, muayyan iyerarxiyaga, y a’ni yuqori va quyi 
maqsadlarga boMinishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi 
mumkin.
Maqsadlar joriy, istiqbol, uzluksiz, fursatli boMishi mumkin. 
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat 
tugMlishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun 
kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun 
o ‘rtaga qo‘yiladi.
Boshqarishga maqsadli yondashuv namoyandalari barcha 
maqsadlami quyidagi to ‘rtta guruhga boMishadi:
• oddiy, an’anaviy maqsadlar;
• muammoli maqsadlar;
• innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar.
Menejmentning asosiy maqsadlari: bashoratlash, rejalashti­
rish va biznesning k o ‘zlangan natijalariga erishish.
Menejerlarning vazifasi mavjud boMgan moddiy resurslar 
asosida iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni tashkil qilish, firmaning foydaliligini, ishlab 
chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish orqali bozorda uning 
barqaror mavqeini ta ’minlash, ilmiy-texnika bazasini rivojlantirish, 
kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.
Buning uchun quyidagilar zarur:
• Texnologik qayta qurishva ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni 
amalga oshirish, yuqori malakali ishlovchilardan foydalanishga 
o ‘tish;
14


• Xodimlar ishini rag‘batlantirish;
• Firmaning samarali faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish
barcha boMinmalar ishini muvofiqlashtirish;
• Yangi bozorlami doimiy izlash va o ‘zlashtirish.
Menejerlarga firmaning rivojlanish maqsadlarini aniqlash, 
ustuvor vazifalarni, ulami am alga oshirish tartibini belgilash, 
firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, qo‘yilgan 
vazifalarni muddatida bajarish tadbirlari tizimini tayyorlash, zarur 
boMgan resurslami va bo‘shliqni toMdirish manbalarini baholash, 
belgilangan topshiriqlarni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish va 
odamlarni samarali boshqarish kabi masalalami yechishga to ‘g ‘ri 
keladi.
Bozorda samarali harakat qiladigan menejer jarayonining 
hamma shakllari va bosqichlari birligini ta’minlaydi.
Menejment 
uchun 
um um iy 
va 
maxsus 
m a q s a d la r 
xarakterlidir. Umumiy (strategik) m a q sad lar butun firmaning 
rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi. M axsus m a q sa d la r esa, 
umumiy maqsadlar chegarasida firmaning asosiy faoliyat turlari 
bo‘yicha tuziladi.
Tashkilotlar muvaffaqiyati avvaliga osonlikcha talqin etilishi 
mumkin, lekin keyinchalik isbotsiz yoki xato boMib qolishi ham 
mumkin.
B oshqaruv — bu tartibsiz ommani (olomonni) sam arali 
maqsadga yo‘naltiri!gan va unumdor guruhga aylantiruvchi m axsus 
faoliyat ko‘rinishi.
1.4. M enejm entning boshqa fa n la r bilan aloqadorligi
Boshqaruv tizimi va mehnat jamoalari, menejer va xodim lar 
orasidagi murakkab о ‘zaro aloqalar majmui boshqaruv munosabatla- 
rida o ‘ziga xos muammolar tug‘diradi. Zero, menejment, eng avvalo, 
insonlami boshqaradi. Odamlarni ongli mehnatga qiziqtirish, tad- 
birkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o ‘ziga ishonish, yangi 
bilim va ko‘nikmalar egallashga chorlash insonlami boshqarish 
demakdir.
15


Ijtimoiy hodisalaming mohiyatini toMiq tushunib etish, dialek- 
tik uslubga asoslangan bilish uslublari menejmentni o ‘rganish uslu- 
bidir. Menejmentga xos boshqa uslublar ham mavjud: hodisalarni 
bilishga konkret tarixiy yondashish, aniq holatni ko‘zda tutuvchi 
tizim li yondashuv, maqsadli yondashuv, tizimlar tahlili. Menejment 
tadqiqotini eng samarali usuli sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazishdir. 
Bundan tashqari, ekspertlar uslubi, me’yoriy uslub va shunga 
o ‘xshash uslublar ham am alda qoMlaniladi.
Boshqarish jarayonlari, funksiyalari, boshqaruv tarkibiy 
tizim larini tashkil etish, axborot va kommunikatsiya, ish yuritish 
v a hujjatlashtirish, boshqaruvning texnik vositalari ham menejment 
tarkibiga kiradi.
Menejment tarkibining muhim boMimlaridan biri asoslangan 
boshqaruv qarorlarini bajarishni tashkil etish, boshqarishning 
avtomatlashtirilgan tizimlari, binobarin, EHMlarni joriy etishdir. 
M enejment boshqaruv apparati xodimlari, ularning ishini tashkil 
etish, rahbar va mutaxassis faoliyatini baholaydi, kerakli holatlarda 
boshqaruvga o‘zgartirish kiritadi.
Inson o ‘z faoliyatida turli vazifalarni boshqaruvchi, o ‘ziga xos 
predmet va mohiyatiga ega ko ‘plab fanlar bilan ish ko‘radi. Masa­
lan, ishlab chiqarishni ijtimoiy fanlardan tashqari tabiiy va texnik 
fanlar ham o ‘rganadi. M enejment boshqa fanlardan farqli ravishda 
ishlab chiqarishni bir butun yaxlit holda ijtimoiy va aniq fanlar 
oraiigMda tekshiradi va ishlab chiqarishga har tomonlama ta’sir etish 
yoMlarini izlaydi. Menejmentning nazariy asoslari falsafa va bozor 
iqtisodi qonunlaridir.
Menejment iqtisodiy nazariya bi lan uzviy bog‘ langan. M a’ lum- 
ki, iqtisodiy nazariyaning predmeti sotsial-iqtisodiy munosabatlardir. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan sari inson faolligi 
ortaveradi. Shuning uchun boMsa kerak, menejment sotsiologiya va 
ruhshunoslik (psixologiya) fanlari bilan ham bogMangan.
Menejment rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, mo­
liya va kredit, mehnat iqtisodi, makro va mikro iqtisodiyot hamda 
boshqa fanlar bilan ham uzviy bogMangan. Barcha iqtisodiy
16


fanlar erishgan yutuqlami bozor iqtisodiyotini boshqarishga joriy 
etish menejmentning eng asosiy vazifalaridan biridir. Menejment 
m a’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlari bilan ham o ‘zaro aloqada. 
Huquqiy fanlar menejmentning huquqiy asoslarini aniqlab, 
mansabdor shaxslar o ‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, tomonlar 
o ‘rtasidagi o ‘zaro huquq va tartibotni belgilaydi.
Shunday qilib, menejment fan sifatida tarmoqlararo fan boMib, 
u ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan chambarchas bogMiq.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin