I BOB. MENEJMENT FANI PREDMETI VA
VAZIFALARI
1.1. Menejment tushunchasi va mohiyati
Menejment tushunchasi va mohiyati.
Iqtisodiyotni erkin-
lashtirish sharoitida boshqarish tizimini tubdan qayta qurish —
respubiikadaolibborilayotganislohotlarningmuhim yo‘na!ishlaridan
biridir. Iqtisodiy islohotiaming samarali amalga oshirilishi uchun
boshqarishning turli sohalarida ijobiy o ‘zgarishlarning boMishi ju d a
muhimdir.
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlari: bozor iqtisodiyo-
tini bosqichma-bosqich
shakllantirish; k o ‘p ukladli iqtisodiyotni
yaratish; korxonalarga, fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish,
ularning faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish;
resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan
chuqur tarkibiy
o‘zgarishlar qilish; kishilardayangicha iqtisodiy fikrlashni shakllan
tirish.
Menejment — inglizcha so‘z boMib, ingliz tilining Oksford
lug‘atida berilgan tavsifga binoan u:
• Boshqaruv hokimiyati va san’ati;
• Resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy
ko‘nikmalar, degan m a’nolarni anglatadi.
Boshqacha aytganda, menejment — bu boshqaruv, y a ’ni
resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali
faoliyat olib borish
va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko^paytirish jarayonidir.
Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o ‘ziga xos yuksak san’at va
mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish
va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Menejment — bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga
toMiq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab
chiqarish va jam iyat rivojlanishidagi murakkab tadbiri sifatida ko‘p
omillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik,
ijtimoiy-psixologik
va boshqa rivojlanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish
kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. M enejmem ko‘p qirralidir:
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy,
psixologik, texnik,
tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan
yuksak san’atni, mahoratni, u tomonidan qo‘llaniladigan usul va
uslublaming keng to ‘plamini, boshqarish va tadbirkorlik malaka-
larini talab etadi.
H ar qanday tashkilot, korxona, muassasa, firma,
korporatsiya va kompaniya tirik organizmdir.
Menejment — bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyat
yuritayotgan korxonaning optimal xo‘jalik natijalariga ko‘p
turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari,
funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan
alohida kasb faoliyatidir. Menejment
korxonada odamlar ishini
tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu
samarali imkoniyatlar o ‘rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment
— bu kasbiy faoliyat, fan va san’atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish,
nazorat, tashkilot ichidagi o ‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish,
tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlami amalga oshirishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to ‘g ‘risida ko‘pchilik
tomonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud:
•
Yuksak san’at va mahoratni
talab qiluvchi tanlov
•
Mustaqil fan
•
Faoliyat turi, funksiya
Boshqaruv
•
Jarayon
•
Tashkilotlarni boshqaruvchi
kishilar
•
Boshqaruv
apparati
yoki
organi
Menejment
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo,
tanlovni to ‘g ‘ri bajara olish, m a’qul va
ishonchli qaror qabul qila
olish hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilishga bog‘liq.
Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g ‘ri
tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Bu jihatlar
xarajat miqdori, n af va bahodir.
Dostları ilə paylaş: