II BOB. TASHKILOT VA UNING MUHITI
2.1.Tashkilot haqida tushuncha. Rasmiy va norasmiy
tashkilotlar
Biz menejmentni o ‘rganishni uning paydo boMishiga
sabab boMgan tashkilot tushunchasini o ‘rganishdan boshlaymiz.
«Tashkilot» degani nima va nima uchun
tashkilotni boshqarish
kerak?
Tashkilot
— bu umumiy maqsadga ega boMgan odamlar
guruhi. Tashkilot deb hisoblanishi uchun guruh quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
1. Guruhda hech boMmaganda o‘zini guruh a ’zosi deb
hisoblaydigan kamida ikki kishining mavjudligi.
2. Guruhning barcha a’zolari uchun
umumiy hisoblangan hech
boMmaganda bir maqsadning (ko‘zda tutilgan natija) mavjudligi.
3. Hamma uchun ahamiyatga ega boMgan maqsadga erishish
uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining borligi.
Bu fikrlami birlashtirib, biz quyidagi muhim ta’rifga ega
boMamiz:
tashkilot
— bu umumiy
maqsad yoki maqsadlarga
erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan
odamlar guruhi.
Yuqoridagi ta’rif rasmiy tashkilotlar uchun to ‘g ‘ridir. Rasmiy
tashkilotlardan tashqari norasmiy tashkilotlar ham mavjud. Ular
o ‘z-o‘zidan paydo boMadi.
Norasmiy tashkilotlar
barcha rasmiy
tashkilotlar ichida boMadi va ularning rahbari boMmasa ham,
katta
ahamiyatga ega. Norasmiy tashkilotlar haqida keyingi mavzularda
batafsilroq to ‘xtalib o ‘tamiz. Tashkilot deganda esa,
faqat rasmiy
tashkilot nazarda tutiladi.
Har qanday tashkilot guruhning barcha a’zolariniqiziqtiradigan
hech boMmaganda bitta umumiy maqsadga ega boMadi. Murakkab
tashkilotlar o ‘zaro uzviy bogMiq va bir-birini qoMlab-quvvatlovchi
bir qancha maqsadga ega. Hamma murakkab
tashkilotlar umumiy
xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar muvaffaqiyatga erishish
uchun tashkilotni boshqarish zarurligini tushunishga yordam beradi
(2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: