65
bilimlarni va metodlarni yoki san‘atkorona sayqallash qobiliyatini qo‘llay bilish
talab etiladi. Ushbu oliygohlar asosan injenerlik,
iqtisodiyot, ijtimoiy, qishloq
xo‘jaligi va dizayn yo‘nalishlarida o‘qishni taklif qiladilar. Maxsus oliygohlarda
mamlakat va federal erlar jamoatchiligi boshqaruvi bo‘yicha
malakali va istiqboli
porloq mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy maktabning tashkiliy tuzilmasi. Oliy o‘quv yurtlari (ba‘zi bir xususiy,
ayniqsa, diniy oliy o‘quv yurtlari, bundesver universitetlari,
ixtisoslashtirilgan
boshqaruvning oliy federal maktabidan tashqari) yerlar vakolatiga kiradi.
Federatsiya va yerlar mavjud o‘quv yurtlarini kengaytirish va yangilarini tashkil
etish tadbirlarini rejalashtirish bo‘yicha hamkorlik olib boradilar. Kelajakdagi
vazifalarni hal etish maqsadida maxsus federatsiya va yerlarning ta‘lim sohasini
rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullanadigan va ilmiy
tadqiqotlar olib borishga
ko‘maklashadigan birlashgan komissiyasi tashkil etilgan. Bu doirada federatsiya va
yerlar hamkorlikda ta‘limning barcha sohasida model loyihalarga moddiy yordam
ko‘rsatadi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Qonunlar doirasida u
o‘zining Nizomiga asosan ish olib boradi. Oliy o‘quv yurtini bir necha yilga
saylanadigan shtatdagi rektor yoki prezident boshqaradi.
Federal yerlarning
ko‘pchiligida, oliy o‘quv yurtlarida talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi
mavjud.
Dostları ilə paylaş: