62
birlashtiradilar. Shunday qilib, xususiy sektor va davlat kelishilgan holda kasb -
hunar ta‘limi tizimidagi ahvolga javobgardirlar. Maktabdan tashqari kasb-hunarga
o‘qish federatsiyaning boshqaruvida, kasb-hunar maktablari esa — alohida yerlar
boshqaruvidadir.
Bugungi kunda deyarli 1,6 mln yoshlar, e‘tirof etilgan nufuz va talab darajasi
turlicha bo‘lgan taxminan 350 ta ixtisoslikdan bittasi bo‘yicha tayyorgarlikdan
o‘tadilar. Hozirgi vaqtda o‘smirlarning deyarli, 40 foizi, qizlarning esa
55 foizidan
ko‘prog‘i eng nufuzli 10 ta ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik o‘tashmoqda. O‘smirlar
ko‘proq avtomexanik, elektromonter, korxonada mexanik yoki ulgurji va tashqi
savdo-sotiq kommersanti kasbini tanlashmoqda. Qizlar esa shifokor yordamchisi
(hamshira), chakana savdo-sotiq sohasida sotuvchi, sartarosh, idora xizmatchisi
kasblarini afzal ko‘rishmoqda. Shu bilan bir qatorda tugallangan kasbiy ta‘limni
ololmagan yoshlarga kasb egallash imkoniyatini berish maqsadida boshqa keng
choralar ham amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: