108
Singapurda Universitet ta‘limi 1905 –yilda meditsina kolledjining tashkil
topishi bilan yuzaga keldi. Keyinchalik, 1929-yilda Raflz kollejiga asos solindi. U
o‘z ichiga gumanitar va aniq fanlar fakultetini qamrab olar edi. 1949 - yilda
Singapurda mavjud bo‘lgan universitetlar o‘z ichiga Meditsina kolleji va Raflz
kollejini olar edi. Singapur Milliy Universiteti va Nanyang Texnologiya
Universitetlari o‘z ichiga oliy ta‘lim va aspiranturani qamrab olib, bu Universitet
talabalariga yuqori darajadagi tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyati berilar edi.
Singapur oliy ta‘limi politexnikum, universitet, pedagogika va texnik ta‘lim
yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlovchi institutlardan iborat.
Singapur Milliy Universiteti dunyodagi 200 dan ortiq eng mashhur universitetlar
qatorida 18 - o‘rinda turadi. Universitet tarkibida: gumanitar, ijtimoiy, biznes,
kompyuter yo‘nalishi, muhandislik, dizaynerlik, ekologiya, huquq, tabiiy fanlar,
tibbiyot, stomatologiya hamda musiqa fakultetlari mavjud. Universitetda 22000
bakalavr, 8000 magistr tahsil oladi va 3000 dan ortiq xodimlar ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: