G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maktabgacha ta’lim 
 Yasli va bog‘chalardan iborat. 3-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni har tomonlama 
kamol toptirishga xizmat qiladi. Muddati – 3 yil. 
Yasli – birinchi va ikkinchi yil. Bog‘chada bolalar o‘zaro muloqot qilish, ona tili 
hamda hisoblashni o‘rganadilar. O‘z ona tilisi yani xitoy, malay va tamil tillaridan 
tashqari ingliz tilida ham o‘z fikrlarini erkin bayon qilish ko‘nikmasiga ega 
bo‘ladilar. Bog‘cha bolalarni o‘z vataniga sodiq vatanparvar qilib tarbiyalashga 
qaratilgan 
Boshlang’ich ta’lim.
Boshlang‘ich maktablar 6-12 yoshgacha bolgan bolalarga ta‘lim-tarbiya 
berishga qaratilgan. O‘qish muddati – 6 yil. Boshlang‘ich ta‘lim ikki bosqichdan 
iborat: 
I-bosqichda o‘qish muddati – 4 yil. Uning vazifasi bolalarda o‘qish, yozish, 
hisoblash 
malakalarini 
shakllantirish. 
Estetik 
didini, 
musiqiy va badiiy 
qobiliyatlarini rivojlantish.
II-bosqichda bolalar 2 yil ta‘lim oladilar. Barcha fanlardan dastlabki bilimlar 
sohibiga aylanadilar. Ta‘limning bu turi hamma uchun majburiy va bepul joriy 
qilingan.
O’rta ta’lim.
12-16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olgan. O‘qish muddati – 4-6 yil. 
Ta‘limning bu turi bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi: 
-Maxsus 
-Tezkor 
-Akademik 
-Texnik 
Singapur san‘at maktablari xam oquvchilar uchun keng imkonoyatlar beradi. 
Kollej o‘quvchilari xohishi, imkoniyatlariga ko‘ra tanlanadi. O‘quvchilar to‘liq 
bo‘lmagan kollej ta‘limida 2 yil, politexnikumda 3 yil o‘qishadi. 
Oliy ta’limi tizimi 


108 
Singapurda Universitet ta‘limi 1905 –yilda meditsina kolledjining tashkil 
topishi bilan yuzaga keldi. Keyinchalik, 1929-yilda Raflz kollejiga asos solindi. U 
o‘z ichiga gumanitar va aniq fanlar fakultetini qamrab olar edi. 1949 - yilda 
Singapurda mavjud bo‘lgan universitetlar o‘z ichiga Meditsina kolleji va Raflz 
kollejini olar edi. Singapur Milliy Universiteti va Nanyang Texnologiya 
Universitetlari o‘z ichiga oliy ta‘lim va aspiranturani qamrab olib, bu Universitet 
talabalariga yuqori darajadagi tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyati berilar edi.
Singapur oliy ta‘limi politexnikum, universitet, pedagogika va texnik ta‘lim 
yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlovchi institutlardan iborat. 
Singapur Milliy Universiteti dunyodagi 200 dan ortiq eng mashhur universitetlar 
qatorida 18 - o‘rinda turadi. Universitet tarkibida: gumanitar, ijtimoiy, biznes, 
kompyuter yo‘nalishi, muhandislik, dizaynerlik, ekologiya, huquq, tabiiy fanlar
tibbiyot, stomatologiya hamda musiqa fakultetlari mavjud. Universitetda 22000 
bakalavr, 8000 magistr tahsil oladi va 3000 dan ortiq xodimlar ishlaydi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin