G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Hindiston ta’lim tizimi 
Hindistonda, 1949 – yil qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra 6 yoshdan 14 
yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul, majburiy ta‘lim joriy etigan.
Hindiston xalq ta’limi tizimi quyidagicha tuzilgan: 
- maktabgacha ta‘lim tizimi;
- boshlang‘ich va kichik asosiy maktab;
- to‘liqsiz o‘rta;
- to‘liq o‘rta maktab; 
- oliy ta‘limdan iborat.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish muddati 5–6 yil. O‘qish pullik. Mamlakatda 
bugungi kunda 219 ta universitet va institut hamda 7 mingdan ortiq kollej 
faoliyat yuritmoqda. Dunyoda eng mashhur oliy o‘quv yurtlari: Bombey 
universiteti, Kalkutta universiteti, Chennoy universiteti.
Asosiy kutubxonalari:
Kalkuttadagi 
milliy 
kutubxonasi, 
Dehlidagi 
ommaviy 
kutubxona, 
Chennoydagi ommaviy markaziy kutubxonalar.
Hindiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan 
ta‘lim siyosati ko‘proq sekulyar va markazlashgan tizimga xizmat qiluvchi kadrlar 
tayyorlashga e‘tibor qaratdi. U ijobiy va salbiy natijalar berdi. Ijobiy natijasi shu 
bo‘ldiki, Hindiston ta‘lim tizimi dunyo ish bozorida raqobatbardosh doktor, 
menejer, injener kabi mutaxassislar yarata oldi. Mamlakatdagi mashhur ―Hindu‖ 
gazetasi muharririning aytishicha, Hindiston oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining 80 
foizdan ziyodi chet elga chiqishni istaydi. Aksariyat malakali mutaxassislarni chet 
elga ketishni xohlaydigan yoshlar tashkil etadi.
Yoshlarning milliy qadriyatlardan yiroqlashib borayotgani bugun hukumat 
darajasidagi muammoga aylangan. Buning salbiy oqibatlarini kamaytirish 
yuzasidan tegishli chora – tadbirlar ham ishlab chiqilmoqda. Masalan, 1986 – yili 
Hindiston Ta‘lim boshqarmasi ―Ta‘lim to‘g‘risida milliy siyosat loyihasi‖ni 
tayyorladi. 5200 dan ortiq o‘quv muassasasi uchun mo‘ljallangan bu dasturda 
mamlakatning siyosiy, ijtimoy hayoti o‘tish bosqichida ekani va bu davrda azaldan 


109 
urfda bo‘lgan milliy qadriyatlarning yo‘qolishi xavfi kuchaygani kuyunchak bilan 
tilga olingan. Loyiha bu xavfni bartaraf etish uchun ta‘lim tizimida qadriyatlarni 
o‘qitishni kiritish lozim, deb hisoblaydi. Bu borada nodavlat tashkilotlar ham 
Ta‘lim boshqarmasi bilan bir fikrda. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar milliy 
qadriyatlarni, axloq–odobni ta‘lim tizimi orqali yoshlar ongiga singdirish zarur 
ekanini ko‘rsatmoqda.
Axloq tarbiyasini va qadriyatlar mohiyatini yetkazadigan dinshunoslik, etika, 
ijtimoiy nazariya kabi fanlar yaxshi rivojlanmagan yoki o‘qitiladigan 
mavzularining qamrov doirasi tor. Bu bo‘shliqni to‘ldiruvchi yangi o‘quv 
qo‘llanmalari va dasturlarni yaratishga urinishlar mavjud. Masalan, Butun 
Hindiston Nasoro ta‘lim Assotsiatsiyasi bu borada o‘z dasturlarini ishlab chiqqan. 
Ular din, axloq, ijtimoiy muammolar kabi axloq – etikani tarbiyalovchi fanlarni 
yo‘lga qo‘yish bilan birga, matematika, tilshunoslik, fizika, biologiya kabi aniq 
fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda ham dinshunos va 
nazariyotchilarning maslahatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bu, asosan, 
Nasoro jamiyati talabalari uchun amalga oshayotgan bo‘lsa-da, hindu va 
musulmon jamiyatlari ham o‘z doiralarida shunga o‘xshash faoliyatlarni olib 
bormoqda. 
Ayni 
vaqtda 
dinlararo 
bag‘rikenglik, 
do‘stlik 
aloqalarini 
mustahkamlash ham ta‘lim tizimining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ma‘nan va axloqan yetuk kadrlarni 
tayyorlash bejiz ta‘lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri sifatida 
ko‘rsatilmagan. Ma‘naviyati yuksak yosh avlodni tarbiyalash yurt rahbarining ham 
doimiy e‘tiboridagi masala bo‘lib kelayotgani sir emas.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin