109
urfda bo‘lgan milliy qadriyatlarning yo‘qolishi xavfi kuchaygani kuyunchak bilan
tilga olingan. Loyiha bu xavfni bartaraf etish uchun ta‘lim tizimida qadriyatlarni
o‘qitishni kiritish lozim, deb hisoblaydi. Bu borada nodavlat tashkilotlar ham
Ta‘lim boshqarmasi bilan bir fikrda. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar milliy
qadriyatlarni, axloq–odobni ta‘lim tizimi orqali yoshlar ongiga singdirish zarur
ekanini ko‘rsatmoqda.
Axloq tarbiyasini va qadriyatlar mohiyatini yetkazadigan dinshunoslik, etika,
ijtimoiy nazariya kabi fanlar yaxshi rivojlanmagan yoki o‘qitiladigan
mavzularining qamrov doirasi tor. Bu bo‘shliqni to‘ldiruvchi yangi o‘quv
qo‘llanmalari va dasturlarni yaratishga urinishlar mavjud. Masalan, Butun
Hindiston Nasoro ta‘lim Assotsiatsiyasi bu borada o‘z dasturlarini ishlab chiqqan.
Ular din, axloq, ijtimoiy muammolar kabi axloq – etikani tarbiyalovchi fanlarni
yo‘lga qo‘yish bilan birga, matematika, tilshunoslik, fizika, biologiya kabi aniq
fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda ham dinshunos va
nazariyotchilarning maslahatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bu, asosan,
Nasoro jamiyati talabalari uchun amalga oshayotgan bo‘lsa-da, hindu va
musulmon jamiyatlari ham o‘z doiralarida shunga o‘xshash faoliyatlarni olib
bormoqda.
Ayni
vaqtda
dinlararo
bag‘rikenglik,
do‘stlik
aloqalarini
mustahkamlash ham ta‘lim tizimining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ma‘nan va axloqan yetuk kadrlarni
tayyorlash bejiz ta‘lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri sifatida
ko‘rsatilmagan. Ma‘naviyati yuksak yosh avlodni tarbiyalash yurt rahbarining ham
doimiy e‘tiboridagi masala bo‘lib kelayotgani sir emas.
Dostları ilə paylaş: