112
O‘quvning har bir bosqichi bo‘yicha alohida-alohida dasturlar mavjud.
Bu dasturlar quyidagilar:
— ta‘limning oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;
— kasbga va oliy ta‘limga tayyorlash dasturi;
— hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va xokazolar.
Litseylar o‘z turlariga va jumhuriyat ehtiyojiga ko‘ra quyidagicha
ixtisoslashtirilgan:
— umumiy litseylar — o‘quvchilarni oliy ta‘limga
tayyorlaydi, 3 yil;
— fan litseylari — alohida fanlardan iqtidorli va ijodkor o‘quvchilar bilimini
va qobiliyatini takomillashtiradi, 5 yil;
— kichik litseylar — kunduzgi litseylarda o‘qish imkoniyati bo‘lmaganlar
uchun, o‘qish 4 yil;
— kasb-hunar litseylari —o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari bo‘yicha turli kasb-
hunar o‘rgatadi, o‘qish muddati 3 yil;
— nafis san‘at litseyi —
ona tili va adabiyoti, rasm, musiqa kabi bo‘limlarga
ega;
— o‘qituvchilar litseylari — boshlang‘ich ta‘lim bo‘yicha o‘qituvchilar
tayyorlaydi. O‘qish muddati 1 yil, tayyorlov kursini hisobga olganda, 4 yil;
— tijorat va turizm ta‘limi litseylari — maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo,
umumiy ovqatlanish shahobchalariga va boshqa sohalarga mutaxassislar tayyorlab
beradi;
— diniy ta‘lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o‘tuvchi
o‘qituvchilar tayyorlaydi;
— maxsus ta‘lim maktablari — ular korreksion maktablar bo‘lib,
jismoniy-
aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo‘ljallangan;
— texnik litseylar — o‘quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda industrial
kasb-hunar ta‘limini beradi.
Bundan tashqari Turkiyada qizlar kasb litseyi, qizlar texnik litseyi,
qizlar
san‘at o‘rta maktablari, qizlar, o‘g‘il bolalar xususiy maktablari mavjud.
Dostları ilə paylaş: