113
fuqarolarga, birinchi galda yoshlarga ijtimoiy hayotning ilmiy, texnologik,
iqtisodiy, madaniy hayotiga to‘la moslashish uchun shart-sharoit yaratib beradi.
Shuningdek, MTMlar turli sohalarda mehnat qilayotgan kishilarning ishdan
ajralmagan holda kasb malakalarini oshirishga imkoniyat tug‘diradi. Turkiya
Reslublikasida maktabdan tashqari ta‘lim ikki manba orqali amalgam oshiriladi.
Ulardan biri maktab bo‘lsa, ikkinchisi ustoz-shogirdlik yo‘nalishidir.
Uning sohalar bo‘yicha dasturlari quyidagilar:
1. Umumiy ta‘lim dasturlari;
2. Kasb-hunar, texnik ta‘lim dasturlari;
3. Shogirdlik va ustalik ta‘limi dasturlari;
4. Ochiq ta‘lim dasturlari va hokazolar.
Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari tarkibiga bundan tashqari amaliy
san‘at maktablari, qizlar amaliy san‘at maktablari, yetuklik institutlari va yetuklik
texnik ta‘lim markazlari ham kiritilgan.
Shuningdek, keyingi yillarda o‘quvchi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini
ko‘ngilli va sermazmun o‘tkazishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu maqsadda, til
o‘rgatish markazlari, musiqa, xalq o‘yinlari, foto, teatr studiyalari, shaxmat-
shashka klublari, turli sayohatlar uyushtirish, lagerda dam olishni tashkil qilish,
hamshiralik, rassomchilik to‘garaklari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular orqali turli
tanlovlar, musobaqalar, konkurslar tashkil etilmoqda.
Talabalar va o‘quvchilar uchun sportning turli sohalari bo‘yicha seksiyalar
tashkil etilgan, ularda sportning ommaviy turlari bo‘yicha turnirlar, musobaqalar
tashkil etiladi. Qizlar uchun esa, qo‘lda to‘qish, bichish-tikish, pazandalik
yo‘nalishidagi to‘garaklar mavjud. Ular tomonidan to‘qilgan, tikilgan,
tayyorlangan mahsulotlar har yili Anqaradagi katta ko‘rgazmada namoyish etiladi.
Dostları ilə paylaş: