114
Mamlakat ta‘lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
— 1-8-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda bolalar
6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
— 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha
bo‘lgan bolalar ta‘lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta‘lim bosqichi oliy ta‘lim bo‘lib, u
2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi.
So‘nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil
etilgan aspirantura yoki doktoranturalar.
AQSHda majburiy ta‘lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv
yurtlarida davlat, jamoa, xususiy tasarrufda va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi
mumkin.
Shunisi
diqqatga
sazovorki,
AQSH
maktablarining
(bitiruvchi
sinf
o‘quvchilaridan tashqari) barcha o‘quvchilar ta‘til vaqtida asosan, ish bilan band
bo‘lishadi. AQSH maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat dars 45 - 50 minut.
Amerika konstitutsiyasiga muvofiq, ta‘lim tizimi tasarrufidagi shtatlar
boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta‘limni mablag‘ bilan
ta‘minlash, ta‘limda davlat siyosatini amalga oshirish, o‘quv yurtlari faoliyatini
muvofiqlashtirib borishni Sog‘liqni saqlash, Ijtimoiy ta‘minot va Ta‘lim vazirligi
olib borar edi. 1979 yilda Ta‘lim vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi.
Ta‘lim tizimiga mablag‘ ajratish bo‘yicha AQSH dunyo mamlakatlari orasida
yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSH ta‘lim tizimining rivojlanish sur‘ati
ancha yuqori bo‘lib, uning boshlang‘ich ta‘lim bosqichida o‘qishi lozim bo‘lgan
bolalarning 99,9 foizi, o‘rta bo‘g‘ida 94,5 foizi ta‘lim oladi. O‘quvchilar umumiy
sonining 46 foizi o‘rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga o‘qishga
kiradi. Barcha toifadagi ta‘lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan,
ta‘limning oliy bosqichida 12 million yigit - qiz tahsil oladi. AQSHda har 10 ming
aholiga 307 talaba to‘g‘ri keladi. Bu jahonda yuksak ko‘rsatkichlardan biridir.
Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta‘lim va malaka
oshirish tizimlarida bilim oladi. Mamlakatda 3 million o‘qituvchi mehnat qiladi.
Hap yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta‘lim
bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga
30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.
Dostları ilə paylaş: