G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Zambiya Respublikasi ta'lim tizimi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

8.2. Zambiya Respublikasi ta'lim tizimi 
Zambiya mustaqillikka erishgach, mamlakat ta‘lim tizimida ham qator 
o‘zgarishlar yuz berdi. Uzluksiz ta‘lim tizimi shakllandi.
-boshlang‘ich ta‘lim (7 yil); 


122 
-o‘rta ta‘lim (5 yil) 
-o‘liy ta‘lim (4-6 yil)
Dastlab boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga o'qitila 
boshlandi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. 
Boshlang'ich maktabning 1- 4 sinflarida darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib 
boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik 
(to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2 - 3 yil davomida 
tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida 
pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda 
tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar 
maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. 
Zambiyaning eng mashhur oliy o‘quv yurti Lusakadagi universitet (8 fakultet), 
Kitve-kanada uning filiali bor.
Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan, Milliy 
ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika 
kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b.
Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya 
kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve-Nkanada 
ommaviy kutubxonalar bor. 
Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan
partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar. 
 
8.3. Jazoir ta'lim tizimi 
 
Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta 
universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi 
markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq 
o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. 
Eng yirik kutubxonasi – Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin 
asar). Yirik muzeylari – Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari 
milliy muzeyi (1897) va b.
Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), 
Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, 
Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, 
Paster instituti (parazitologiya va mikrobiologiya), gigiyena, traxoma va tropik 
oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin