Kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish



Yüklə 428,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.05.2023
ölçüsü428,76 Kb.
#118262
1   2   3   4   5   6   7   8
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish 


10 
Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish shikastlanish xarakteri va 
darajasini inobatga olgan, hujjatlarning asillik belgilarini maksimal ravishda saqlagan 
holda va foydalanish uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirmasdan amalga oshiriladi. 
Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish bo’yicha ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar 
restavratsita passporti yoki texnologik daftarda qayd etiladi. Stabilizatsiya va 
restavratsiya qilishda qo’llaniladigan metodlar va materiallar hujjatlar uchun zararsiz 
bo’lishi, jarayonlarning ortga qaytarilishi, hujjatlar foydalanish xususiyatlarining 
saqlanishini ta’minlashi kerak. Materiallar pH ning quydagi qiymatiga ega bo’lishi 
kerak: qog’oz-0,6-8,5; teri-4,5-6,0; pergament-7,0-8,0; boshqa materiallar-6,0-8,0; 
Hujjatlarni stabilizatsiya qilish 
Hujjatlarni qog’ozda fizik-kimyoviy, biologik va mexanik omillarga nisbatan 
stabilizatsiya qilish metall ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan blokirovka 
qilish va matn (tasvir) yozish uchun foydalanilgan material xususiyatiga ko’ra 
kislotalikni 6,0-8,5 pH gacha suyuq va gaz fazasidagi kuchsiz ishqor kompozitsiyalar 
bilan neytrallash orqali (1,0-3,0) foizli ishqor rezerv hosil qilgan holda amalga 
oshiriladi.zamburug’ bilan shikastlangan hujjatlarga nisbatan stabilizatsiya qilish 
zamburug’ga qarshi birikmalardan foydalanib amalga oshiriladi va 10,0 foizdan ko’p 
bo’lmagan namlik hajmini taminlaydigan ishlov beriladi. Fizik-kimyoviy, biologik va 
mexanik omillarga nisbatan teri va pergamentdagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish 
individual metodlar bilan amalga oshiriladi. Bunday mexanik omillarga nisbatan 
teridagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish yengil ishqorli kompozitsiyalar (suyuq muhitda), 
metallar ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan 4,5-6,5 pH gacha blokirovka 
qilish, nam yutishlikni 5-6 foizgacha va namlik chiqarishni 4-5 foizgacha kamaytirish 
uchun yog’ kompozitsiyalari bilan ishlov berish orqali kislotalilikni neytrallash 
bajariladi. Fizik-kimyoviy va mexanik omillarga nisbatan pergamentdagi hujjatlarni 
stabilizatsiya qilish uzoqdan namlantirish va yog’ emulsiyasi bilan ishlov berish orqali 
namlik hamda yog’ tarkibini oshirgan holda amalga oshiriladi. Zamburug’lar bilan 


11 
shikastlanishga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi 
birikmalardan foydalangan holda bajariladi. Mexanik omillarga nisbatan hujjatlarni 
stabilizatsiya qilish yuqoridagilar bo’yicha oldindan ishlov berilgan holda fazali saqlash, 
inkapsulyatsiya va montaj qilish orqali amalga oshiriladi. 
Hujjatlarni restavratsiya qilish
Hujjatlash dastlabki shaklini qayta tiklash, tozalash va zaruriylik va yetarlilik 
prinsiplariga rioya qilgan holda, mustahkamlash orqali restavratsiya qilinadi. Kiritmalar 
tashqi belgilari va materialiga ko’ra axborot eltuvchiga mos kelishi, shunigdek hujjatning 
uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlashi kerak. laminatsiya metodi orqali restavratsiya 
qilishdan oldin yuqoridagilarga muvofiq hujjatni stabilizatsiya qilish shart. Pergamentdagi 
hujjatlar uzoqdan namlantirish metodi orqali uning namlik metodini tiklash orqali 
restavratsiya qilinadi.
 Hujjatlarni nusxalarini tayyorlash
Hujjatlar nusxalarini tayyorlash foto-, mikro-, kseronusxa qilish metodlari orqali 
hamda electron texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Nusxalarning 
ekzemplyarlar soni ГОСТ 7.65 ga muvofiq. Foto-, mikro-, kseronusxa metodlari orqali 
hujjatlarning nusxalarini tayyorlash bir marttadan oshmasligi kerak. keyin nusxa olish 
nusxadan amalga oshiriladi. Nusxa olishda hujjatlarning mexanik shikastlanishiga yo’l 
qo’yilmaydi.

Yüklə 428,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin