6
Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi.
Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‘tib
turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy bo‘lsa, turli xil tuzilgan
tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli
materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi. Fondxonaning havosi fond
uchun zararli bo‘lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin.
Havoda ko‘pincha gazlar – sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor
oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining bug‘lari, shuningdek, smolali moddalar
uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali,
ayniqsa shamollatish orqali kamaytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash
changyutgichlar yordamida yiliga 2-3 marta qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish
darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita
bog‘liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak.
Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi – quyosh nuri
yoki kunduz yorug‘ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi
lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib
bo‘lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: