Kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 428,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.05.2023
ölçüsü428,76 Kb.
#118262
1   2   3   4   5   6   7   8
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‘kisligini 
muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‘g‘ri saqlash – bu fondni qulay 
fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash 
demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan “Kitob 
fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma” qabul qilindi. Shunga qaramasdan, 
fondlarni saqlash muammosi haligacha hal qilingani yo‘q. Shuning uchun fondlarni 
uzoq saqlash qoidalarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonalarni birinchi 
navbatda zamonaviy binolarga joylashtirish lozim. Shinam, keng, yorug‘, kitob saqlash 
uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlari mavjud maxsus binolar hozirgi kunda ko‘plab 



kutubxonalar uchun juda zarurdir va tez kunlarda hal etilmasa kutubxona fondlariga, 
bilim xazinamizdan foydalanishga ko‘p zarar etishi mumkin. 

Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar. Kutubxonalar fondini uzoq vaqt 
asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning 
mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‘lishini hamda ularni 
o‘g‘irlanish va nobud bo‘lishdan saqlashni nazarda tutadi.
Quyida kutubxonada 
fondlarini saqlashning bir qancha omillari mavjud : 
1.Ijtimoiy omillar. 
-Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun 
javobgarlik hissini tarbiyalash; 
-Asrashning to‘g‘ri, mikromuhit rejimini yaratish; 
-Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish; 
-Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, quvur, 
kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‘g‘ri ishlatilishini hamda yong‘in 
xavfsizligi ustidan doimiy nazorat; 
-Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan 
biologik himoya qilish. 
Kutubxona fondini saqlashga ijtimoiy-fizikaviy va biologik omillar ta’sir qiladi. 
Fondda normal sanitariya holati hamda iqlim holatini saqlash yo‘li bilan 
mikroorganizmlarning fondga zararli ta’siri yo‘qotiladi. Zarur bo‘lib qolgan vaqtlarda 
kutubxonachilar fondxonani dezinfeksiyalashni so‘rab sanitariya epidemiologiya 
stansiyasiga murojaat qiladilar. Fondni etilin oksid gazi bilan dezinfeksiya qilish 
yaxshi samara beradi. Fond saqlash sharoiti buzilganda, fondxonada namlik oshib 
ketganda hasharotlar ko‘payadi. Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning 
mustahkam bo‘lishiga ularni himoya qatlami bilan ta’minlash orqali erishiladi. 
Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, g‘ilof, muqovani o‘raydigan 
kleyonka, kitob tashiladigan idish ana shunday qoplamlar vazifasini o‘taydi. 



Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi. 
Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‘tib 
turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy bo‘lsa, turli xil tuzilgan 
tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli 
materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi. Fondxonaning havosi fond 
uchun zararli bo‘lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. 
Havoda ko‘pincha gazlar – sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor 
oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining bug‘lari, shuningdek, smolali moddalar 
uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali, 
ayniqsa shamollatish orqali kamaytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash 
changyutgichlar yordamida yiliga 2-3 marta qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish 
darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita 
bog‘liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak. 
Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi – quyosh nuri 
yoki kunduz yorug‘ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi 
lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib 
bo‘lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

Yüklə 428,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin