NATO metodik va ustuvorlik jihatidan
harbiy doirasini juda ham keskin
tarzda rivojlantiryapti bunga sabab
Rossiyani janub tomondan qamrab
olishdir. Bu yerda ochiq ravishda
rangli inqilobni xom ashyo bilan
qoʻllab quvvatlashi Shimoliy
Atlantikani Oʻrta Osiyoga qiziqishlari
balanda ekanligini namoyon qiladi.
Bunda faqat birgina eʼtirof qoladi shu
ham boʻlsa erkinlikni yoʻqotib
Rossiya atrofini butunlay oʻrab
olishidir
[9]
7-iyun 2007-yilda Rossiya prezidenti
Vladimir Putin "Shimoliy Atlantikaning
ishtirokchi mamlakatlari va „Dunyo
tinchligiga birdamlik“ programmasida
ishtirok qiladigan boshqa mamlakatlar
orasidagi rozilik shartnomasi , 19-iyun,
1995-yilgi qabul
qilingan qaror holati
hamda unga qoʻshilgan masalalar"
borasidagi № 99 federal qonuniga imzo
chekdi . 2008-yilning yanvarida NATO
ishlarini koʻrib chiqishi boʻyicha
Rossiyaning doimiy hukumat boshligʻi
vazifasini ijro etish uchun Dmitriy
Rogozin tayinlandi va u oʻz oʻrnida
Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy
Atlantika shartnomasi munosabatlarini
jamiyatda qiziqtirgan savollarga
mavjudiyatlik balandligi sifatini oshirdi.
Londonda joylashgan
tadqiqotlar
markazi Rossiyani Uchinchi Jahon
urushiga turtki bo’ladigan harakatlarda
ayblagan. Havo makonini buzish,
dengizda boshqa davlat hududiga kirish,
G’arbga qarshi hujumlar uyushtirish
niyatini namoyish qilish – bu Kremlning
so’nggi oylardagi qadamlari deya 2014-
yilning noyabr
oyida yangi hisobotida
aynan shu haqida yozgan.2014-yilning
fevral oyidan, to 2014-yilning oktyabr
oyiga qadar Rossiya harbiy samolyotlari
NATOga a’zo davlatlar havo chagaralarini
qariyb 40 marta buzib o’tgan. Bu
“Yevropa yetakchilik tarmog’i” nomli
tahliliy guruh ma’lumoti. Yana bir boshqa
hisobotga ko’ra, Rossiya qiruvchi
samolyotining Daniyaga tegishli yo’lovchi
samolyot bilan to’qnashishiga oz qolgan.
Bundan tashqari, Shvetsiya suvlariga
Rossiya suvosti
kemasi kirgani taxmin
qilingan. Aynan shunday taxminlar
hamda Estoniya razvedkasi agentining
o’g’irlanishi va Rossiyaning mashqlar
paytida AQShga qarata raketa uzishini
faraz qilishi guruhni izlanish o’tkazishga
majbur qilgan.
Masala aslida nihoyatda jiddiy - deydi
londonlik tahlilchi Jonatan Ayl -
xavfsizlik kafolatlarini buzishga
qaratilgan urinishlarga guvoh
bo’lyapmiz. Vaholanki, G’arb sobiq
kommunistik davlatlarga bu
kafolatlarni bergan.
[10]
Kafolatlar yozma ravishda berilgan,
Polshada esa
chegara zastavalari
bunyod etilgan. Bugunda ular
kengaytirilmoqda, NATOga a’zo davlatlar
esa ko’proq mashqlar o’tkazyapti, xuddi
Ukrainadagidek.