52
Oddiy tovar ishlab chiqarish misolida, narxni taxlil qilgach, Smit kapitalistik
iqtisodiyotga o`tib, bu sharoitda ishchi tovar yaratadi, kapitalist esa mazkur tovar
egasi va sotuvchisiga aylanadi deb aytadi. Kapitalist uchun tovar narxi asosida,
ishchilarning ish haqqi, ishlab chiqarish vositalarini
xarid qilish va er ijarasi
xarajatlari yotadi. Ammo kapitalist uchun xarajat qilingan mablag`, ishchilar uchun
daromadga aylanadi. Mablag`lar, oxir-oqibatda ishchilar, kapitalist va er egasi
uchun daromadga aylanadi.
Smitning ish haqi, daromad va renta narxning boshlang`ich uchta manbalari
ekanligi haqidagi fikri yotadi. Shunday qilib, Smit tomonidan, narx borasida ikki
nazariya ilgari surilgan:
Sodda tovar ishlab chiqarilishi uchun ish haqqi bilan bog`liq ish haqi
belgilanashi va kapitalistik iqtisodiyot uchun narx kapitalist
xarajatlaridan kelib
chiqishi.
Smitdan keyingi barcha mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalari ikki guruhga
bo`linishdi, ya`ni qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari, va qiymatning
xarajatlar bilan belgilanish nazariyasi namoyandalari.
Har ikkala guruh o`z nazariyasini kapitalistik iqtisodiyotga nisbatan tadbiq
etib, bu holat Smit faoliyatida ham kuzatilgan edi.
Narxning daromadlarga bo`linishi. Smit jamiyat a`zolarining uchta sinfga
ajratgan: ishchilar, kapitalistlar va daromad oluvchi er egalari yotadi. Buning
asosida, ish haqqi, daromad va er rentasi (ijara haqqi yotgan).
Daromadlar
nazariyasi, narx nazariyasidan kelib chiqgan. Agarda narx, kapitalistik iqtisodiyot
sharoitlarida, sarf etilayotgan mehnat bilan belgilanadigan bo`lsa, taqsimlanadigan
barcha daromadlar ham mehnat orqali yaratiladi. “Ammo bunday holatda, - deb
yozadi Smit, - ishchi doimo ham o`z mehnati mahsulotiga ega bo`lavermaydi”.
Ko`pchilik holatlarda, u o`z daromadini uni yollagan kapital egasiga berishi lozim.
Kapitalist tomonidan daromad olinishini Smit kapitalist tomonidan ishlab -
chiqarishni tashkil etish bilan oqlagan bo`lsa, er egasi tomonidan olinadigan yana
bir daromadni Smit to`laligicha inkor etadi. “Butun er maydoni xususiy mulkka
aylangan paytlardan boshlab, - deb yozadi u, - er egalari doimo o`zlari ekmagan
hosildan ulush olishga harakat qilishadi”.
Agarda, narx kapitalist xarajatlari miqdori bilan belgilanadigan bo`lsa, har -
bir daromad mo„ayyan resurs ya`ni mehnat, kapital (ishlab chiqarish vositalari), va
er uchun, to`lovga aylanadi. Smit fikricha ish haqqining eng quyi chegarasi, ishchi
va uning oilasi yashashi mumkin bo`lgan mablag`larning
minimal darajasi bilan
belgilanib, bu daraja mamlakat moddiy va madaniy rivojlanish darajasiga bog`liq.
Shu bilan birgalikda, ish haqqi, ishchi kuchiga mehnat bozoridagi talab va
taklifdan ham kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari u, nominal ish haqqini ham
53
belgilab, bu ish haqqi, naqd mablag`larda xisoblanishi, real ish haqqi esa, iste`mol
predmetlariga nisbatan narx o`zgarishi bilan belgilanishini ham aytib o`tgan.
Uning fikricha daromad kapitalning muyayan ishga jalb etilishi bilan
belgilanadi, kapital miqdoridan kelib chiqgan holda u yirik yoki kichik bo`lishi
mumkin. Er rentasi xaqidagi fikrida er narxiga erning hosildorligi va uning
joylashishi kabilar renta xajmiga ta`sir etuvchi omillar ekanligi aytilgan.
Kapital. Kapital deb, Smit daromad keltirishi mumkin bo`lgan moddiy
boyliklarni aytgan.
Uning fikricha, kapital tejamkorlik natijasida yig`ilib,
xarajatkorlik natijasida kamayishi mumkin. Smit kapital aylanmasining o`ziga xos
talqinini beradi. Uning fikricha, asosiy kapital, daromadni bir kishidan boshqa
kishining qo`liga o`tishisiz ham o`sishi mumkin. Bular sirasiga Smit bino va
inshootlar qurilishi, er uchastkalarining yaxshilanishi, ishchilarning professional
malakasini va texnikaning rivojlanishini kabilarni kiritadi. Aylanma kapital o`z
egasidan bir formada ketib qolib, boshqa formada qaytib kelishiga aytiladi. Bular
sirasiga, mablag`,
xom - ashyo, va tayyor mahsulot kabilar kiritilgan. Shunday
qilib, Smit aylanma vositada, biror - bir narsaning bir kishidan, boshqa kishining
qo`liga o`tishini aytgan bo`lsa, aylanma kapital faqatgina iqtisodiyot doirasida
aylangan. Asosiy kapital, faqatgina aylanma kapital yordamida mo„ayyan
daromad keltirishi mumkin deb aytgan edi Smit.
Dostları ilə paylaş: