Predmet va uslub. Sey mumtoz iqtisodiy nazariyasini tizimlashtirish
borasida ham ulkan ishlarni ham amalga oshirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida
yashab o`tgan mashhur rus iqtisodchisi A.I. CHuprov o`zining «Siyosiy iqtisod»
asarida quyidagilarni yozgan edi: «Sey, siyosiy iqtisod sohasidagi ilk
tizimlashtirishga harakat qilgan olimdir. O`zining siyosiy iqtisodiyot haqidagi
traktatida, u ilk marotaba iqtisodiy fanning butun sohasini qayta ishlab, aniq lo`nda
talqin yaratishga muvaffaq bo`lgan edi».
Boylik. Sey fikricha boylik tushunchasi insonlar tomonidan tekin olinishi
mumkin bo`lgan mahsulotlarga (suv, havo) nisbatan emas, mo„ayyan narxga ega
bo`lgan mahsulotlarga nisbatan qo`llanilishi mumkin, Chunki bu mahsulotlar o`z
egalarining mutlaq mulkidir. Bundan tashqari, Sey Smitning boylik to`g`risidagi
tushunchasini cheklaganligi uchun tanqid qilib, «Smit bu doiraga moddiy
bo`lmasada, ammo real kuchga ega bo`lgan boyliklarni ham kiritishi lozim edi,
masalan tabiiy yoki o`rganilgan iqtidorni» deb yozgan.
Narx. Narx masalasini har tomonlama ko`rib chiqishga harakat qilgan va
quyidagicha fikr yuritgan: «Ishlab chiqarish materiyani yaratmaydi, ammo
foydalilikni yaratishi mumkin. Mazkur foydalilik darajasi predmetlarga boylik
yaratishi bilan bir qatorda u ishlab chiqarish boyligi ham bo`ladi».
Shu bilan birgalikda, Sey Smitni quyidagi holatlar bo`yicha ham tanqid
qilgan ya`ni Smit faqatgina mehnatni narxni keltirib chiqaruvchi omil sifatida
tadqiq etgan. Ammo aniqroq tahlil ko`rsatishicha, narx o`z kelib chiqishiga ko`ra,
uch toifaning birlashgan holda mehnat qilishi maxsulidir, ya`ni inson, tabiat kuchi
va kapital (ishlab chiqarish vositalari).
Sey fikricha, narx bozorda talab va taklif asosida yuzaga keladi. Shunday
qilib, u mo„ayyan ma`noda neomumtoz maktabi namoyandasi bo`lib, mazkur
maktab narx nazariyasi asosida foydalilik, ishlab chiqarish xarajatlari va talab va
taklif mutanosibligi birlashgan edi.