Fermentlar klassifikatsiyasi. Fermentlar
oltita
sinfga bo’linadi. Bu sinflarning har biri past va past-past
sinflarga bo’linadi. Bunda kofermentlarning tabiati (Agar
ular
reaktsiyada
katnashsa),
izomerizatsiya
tipi
gidrolizlanadigan boglarning turi va boshkalar hisobga
olinadi. Bunday klassifikatsiya individual fermentlarni 4 ta
sondan iborat shifr yordamida identifikatsiyalashni talab
qiladi. Birinchi raqam ushbu
ferment olti sinfdan qaysi
sinfga taaluqli ekanini bildiradi. Ikkinchi va uchinchi
raqamlar past va past-past sinflarni, to’rtinchi raqam esa
fermentning ushbu past-past sinfidagi
tartib raqamini
anglatadi.
Quyida keng tarqalgan bir necha ferment guruhlari
haqidagi qisqacha ma‘lumotni keltirib o’tamiz.
1. Oksidorеduktazalar.
Oksidoreduktazalar
oksidlanish
qaytarilish
reaktsiyalarini
katalizlaydi.
Bu
sinfga
barcha
digedrogenazalar,
oksidazalar,
piroksidazalar,
tsitoxromreduktazalar kiradi.
2. Transfyerazalar.
Transferazalar
turli
ximiyaviy
gruppalar
va
qoldiqlarning molekulalararo ko’chirilishini katalizlaydi. Bu
sinfga quyidagi asosiy ferment gruppalari kiradi:
Aminotransferazalar (transaminazalar), fosfotrans-
ferazalar, atsiltransferazalar.
Bu fermentlar koenzim A
ishtirokida funktsionirlanadi.
3. Gidrolazalar.
Mazkur sinf fermentlari molekulalari ichida boglarni uzish
yo’li bilan har xil birikmalarning gidroliz protsesslarini
ta‘minlaydi. Bu protsess suv ishtirokida boradi. Bunga
fermentlarnig
katta gruppasi, shu jumladan me‘da-ichak
yo’lining fermentlari amilaza, pepsin, lipaza, fosfataza,
nukleotidaza va boshqalar kiradi.
4. Liazalar.
Bu
sinfga
substratdan
SO2
ning
ajralishini
katalizlaydigan
dikarboksilaza
fermentlari
masalan,
(atsetoatsetat kislotani atseton va SO2
ni parchalovchi
atsetoatsetatkarboksilaza); lizin aminokislotasini dekar-
boksillab, kadaverinni hosil kiluvchi, yo’gon
ichakda
topilgan lizinkarboksilaza va boshqalar kiradi.
5. Izomyerazalar.
Bu fermentlar substratlarning o’zaro aylanishini (biri
ikkinchisiga
o’tishini)
katalizlaydi.
Masalan,
glyukoeofosfatizomeraza glyukozo-6-fosfatdan fruktoza 6-
fosfat hosil bo’lishini ta‘minlaydi, arabinozo-izomeraza
arabinozani
ribulozaga
aylantiradi,
bu
fermentlar
ishtirokida L-izomerlar D formaga o’tadi va boshqalar.
6. Ligazalar.
Bu sinf fermentlari barcha sintez reaktsiyalarida
ishtirok
etadi.
Masalan,
ular
aktivlashgan
aminokislotalarning t-RNK ga qo’shilishini,
shuningdek,
peptidlarning hosil bo’lishini katalizlaydi va boshqalar.
Nazorat uchun savollar
1. Fermentlar qanday tuzilgan?
2. Fermentlarning oqsil tabiati deganda nimani
tushunasiz?
3. Fermentlarning o’ziga xosligi nimadan iborat?
4. Fermentativ reaktsiyalarga qanday omillar ta‘sir
qiladi?
5. Fermentlar klassifikatsiyasi
va nomlanishini
tushuntirib bering?