Mavzu. Fermentlar
1. Fermentlar haqidagi ta‘limotning shakllanishi
2. Fermentlarning oqsil tabiati
3. Fermentlarning o’ziga xosligi
4. Fermentativ
reaktsiyalarga
ta‘sir
qiluvchi
omillar
5. Fermentlar klassifikatsiyasi va nomlanishi
Tirik organizm hujayrasida kechadigan turli tuman
kimyoviy reaktsiyalar nisbatan past haroratda va yukori
tezlikda amalga oshadi. Bu o’zgarishlar xilma-xil va juda
murakkab bo’lishiga qaramay, tirik organizmlarda ularning
hayot sharoitiga muvofiq temperatura, bosim va kislotali-
ishqorli muhit, moddalar kontsentratsiyasida fiziologik
funktsiyalarning normal kechishini ta‘minlovchi tez
sur‘atda o’tadi. Shunisi qiziqki, organizmda kechadigan
deyarli barcha kimyoviy reaktsiyalar, bunday sharoitda
tashqi muhitda shu qadar sekin o’tadiki, ularning sur‘atini
ulchash qiyin, hatto ko’pincha belgilab ham bo’lmaydi.
Buning sababi shuki, organizmdagi barcha reaktsiyalar
fermentlar deb ataladigan maxsus katalizatorlar ishtirokida
boradi. Fermentlar bu reaktsiyalarni zarur darajada
tezlashtirmasa, mavjud sharoitda organizmlarda hayot
uchun muhim birorta xi miyaviy reaktsiyaning ham kechishi
mumkin bo’lmas edi.
Fermentlar ximiyaviy tabiatiga ko’ra, oqsil modda bo’lib, re‐
aktsiya
sur‘atiga
alohida
ta‘sir
ko’rsatadi,
ya‘ni
reaktsiyaning aktivlanish energiyasini kamaytiradi va uni
energetik bareri past bo’lgan aylanma yo’l orqali o’tkazadi.
Ammo tashqi muhitdagi katalitik reaktsiyaga tashqaridan
katalizator kiritilishi lozim bo’lsa, organizmda kechadigan
ximiyaviy reaktsiyalar uchun katalizatorlar uning o’z
hujayralarida sintez qilinadi. Fermentlar hayot jarayonida
to’xtovsiz
yangilanib,
zaruriy
me‘yorda
bevosita
tayyorlanib, hayotning uzluksiz kechishini ta‘minlaydi. Ya‘ni
ular biologik katalizatorlardir.
Fermentlarning roli haqidagi dastlabki tushunchalar
ovqat hazmlanishi va bijgishning ximiyaviy mexanizmini
o’rganish jara yonida paydo bo’ldi. Ferment so’zi, birinchi
marta
XVII
asrning
boshlarida
mashxur
golland
tabiatshunosi Van Gelmont tomonidan ovqat hazmlanishi
jarayonida oziq moddalarning haqiqiy ximiyaviy o’zgarishi
uchun zarur bo’lgan maxsus agentlarga nisbatan qo’llangan
edi. Bu suz latincha fermentare to’lqinlatuvchi degan
ma‘noni anglatadi. XIX asrning ikkinchi yarmida oshqozon-
ichak kanalida ovqat hazmlanishi va bu protsessda ishtirok
etadigan fermentlar ta‘siri fiziologik va ximiyaviy jihatdan
mukammal o’rgana boshlandi. Shu asr oxirlarida ovqat
ogizda so’lak tarkibiy qismlarining boshlangich ta‘siri
ostida hazm bo’la boshlab, so’ngra oshqozon-ichak shiralari
ta‘sirida davom etishi haqida ancha to’liq ma‘lumotlar
olindi. Bu shiralarning ovqatni parchalash qobiliyati
ularning tarkibidagi fermentlar ta‘siriga boglik ekanligi
aniqlandi. Ovqat hazm qilinishi hamda oziq moddalarning
qimmati haqidagi fiziologik va bioximiyaviy ta‘limotning
asosi bo’lgan bu xulosa har tomonlama o’tkazilgan juda
ko’p
tekshirishlar
natijasida
isbotlandi.
Ovqat
hazmlanishining
fermentativ
reaktsiyalarini,
ovqat
tarkibining bu reaktsiyalarga ta‘sirini tekshirishda,
ularning boshqarilish mexanizmlarini o’rganishda akademik
I.P.Pavlovning mashxur ishlari muhim o’rinni egallaydi.
Ammo fer mentlar haqidagi dastlabki ilmiy ma‘lumot XIX
asrning boshlarida K. S. Kirxgoff tomonidan olingan. 1814
yili u unayotgan arpa donidan olingan ekstrakt ta‘sirida
kraxmal qandlashib, maltazaga aylanishini ko’rsatdi.
Keyinroq, bir qator ximiyaviy reaktsiyalar (masalan,
gidroperoksidning parchalanishi) ba‘zi metallar ta‘sirida
tezlashishi, lekin bu reaktsiyada ishtirok etgan fermentning
o’zgarmasligi tasdiqlandi. Shuningdek emperik ko’zatishlar
bu reaktsiyalarda (1836 yili Bertselius kataliz deb atagan)
maxsus ximiyaviy kuch ishtirok etadi, degan fikrga olib
keldi. 1833 yilda Payon va Perso arpa doni ekstraktidan
spirt
bilan
cho’ktirish
orqali
kraxmalni
qandga
aylantiruvchi diastaza deb atalgan fermentni ajratib olishga
muvaffaq bo’ldi. Ana shunday diastaza aktivligi so’lakda
ham uchraydi. Shunday qilib, jonsiz tabiatda uchraydigan
katalizatorlar
kabi,
tirik
hujayralarda
va
ulardan
tayyorlangan ekstraktlarda ham reaktsiyalarni tezlatuvchi
maxsus biologik katalizatorlar bogligi va kelib chiqishi ikki
xil bo’lgan bu katalizatorlar ta‘sir etish usulida farq yo’q
ekanligi aniqlandi.
Dastlabki davrda ferment so’zi faqat achish protsessi bilan
boglik holda qabul qilinib, achitqilarning o’zi achish
fermenti deb qaraldi. Bu fermentning ta‘siri faqat tirik
mikroorganizmlar achitqilarga bogliq bo’lib, ular oshqozon-
ichak shirasi yoki to’qima ekstraktlari tarkibidagi pepsin,
diastaza,
invertaza
kabi
biologik
katalizator-lardan
farqlanadi degan fikr tugiladi. Shunday qilib, biologik
katalizatorlarning ikki tipi mavjud deb qabul qilinib,
ularning biri “tashkil topgan fermentlar”, ikkinchisi esa,
buning aksi, ya‘ni “tashkil topmagan fermentlar” deb atala
boshlandi. Achitqi ka bi ta‘siri tirik organizm bilan bogliq
bo’lgan birinchi gruppa xususiy ferment, hujayradan
tashqarida ta‘sir etadigan biokatalizator, ya‘ni tashkil
topmagan ferment esa 1878 yilda Kyune tomonidan fanga
kiritilgan enzim (grekcha “tirik hujayra” — achitqi ichida
degan ma‘noni beradi) nomi bilan yuritildi.
Mashxur frantsuz olimi mikrobiolog Lui Paster achish
protsessini har tomonlama o’rganib, spirt achishi faqat tirik
mikroorganizmlar — achitqilar hayoti bilan boglik deb,
ulardagi
“tashkil
topgan”
fermentlarni
hujayradan
tashqarida
ta‘sir
ko’rsatadigan
“tashkil
topmagan”
fermentlarga — enzimlarga qarshi ko’yadi. Nemis olimi
Libix va uning tarafdorlari fermentlar ni bunday printsipial
farq qiluvchi ikki gruppaga bo’lishga e‘tiroz bildirib,
achitkilar va boshqa organizmlarning achitish xossalari bu
organizmning hayot faoliyatita emas, balki enzimlardan
printsipial farqi bo’lmagan hujayra ichidagi fermentlarga
bogliq ekanligini ta‘qidlaydi, ammo u vaqtda bu fikrni
tajriba
yo’li
bilan
isbotlash
imkoniyati
bo’lmadi.
Achitqilardan qand achishini ta‘minlovchi fermentlarni
ajratib olishga qaratilgan, uzoq vaqt davom etgan
urinishlar muvaffaqiyatsiz tugab, ko’pchilik olimlar
Pasterning noto’gri fikrini ma‘qullab keldilar. Bu muammo
faqat 1897 yili Byuxner tomonidan hujayradan glyukozani
tirik achitqilar singari etil spirt va karbonat angidridga
parchalaydigan erkin achitqi ekst rakti olinishi bilan uzil-
kesil hal qilindi va “tashkil topgan” hamda “tashkil
topmagan” ferment, shuningdek ferment va enzim nomlari
orasidagi farq yo’qotildi. Hozirgi vaqtda ferment va enzim
so’zlari sinonim bo’lib, turli mamlakatlarda ularning bittasi
ko’proq qo’llanadi. Adabiyotlarda bu har ikkala termindan
deyarli teng foydalaniladi. Achitqilardan ajratib olingan
ekstrakt — achish enzimi “zimaza” grekcha - achitqi - deb
ataldi.
Dostları ilə paylaş: |