Mavzu. Fermentlar


Fermentlarning o’ziga xosligi



Yüklə 87,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.05.2023
ölçüsü87,37 Kb.
#118397
1   2   3
@GPdfBot 5 MARUZA

Fermentlarning o’ziga xosligi. Fermentlarni turli
biologik materialdan toza holda ajratib olish va tozalangan
ferment 
preparatlarining 
fizik-ximiyaviy 
xossa larini
o’rganish jarayonida ularning oqsil moddalarga o’xshash
xususiyatlari e‘tiborni jalb qildi. Haqiqatan ham fermentlar
oqsillar kabi, yuqori molekulyar, kolloidal xarakterga ega


bo’lib, yarim o’tkazgich parda (hayvon pufagi) orqali
o’tmaydi. 
Shuningdek 
fermentlar 
oqsillar 
kabi,
temperaturaga chidamsiz (termolyabil) bo’ladi, yuqori
temperaturada denaturatsiyaga uchraydi. Temperatura
ko’tarilishi bilan fermentlar tabiatining o’zgarishini kuzatib
borish juda qulay. Boshqa oqsil moddalarning bunday
o’zgarishlarini (ayniqsa, boshlangich davrini) tekshirish
uchun qulay usullar bo’lmasada, fermentlarda bu
o’zgarishlarni ularning aktivliklarini kuzatish orqali osonlik
bi lan nazorat qilib borish mumkin.
Kofermentlar. Kofermentlarning kimyoviy tuzilishini
o’rganish 
ularning 
ko’pchiligi 
vitaminlardan 
iborat
ekanligini tasdiqladi. Bir qator ko fermentlar tarkibiga
vitamin B1 (tiamin), B2 (riboflavin), B6 (piridoksal), PP
(nikotinat kislota amidi), biotin, pantotenat kislota, folat
kislota, vitamin B12 (kobalamin), vitamin C (askorbat
kislota), lipoat kislota va boshqalar kiradi. Vitaminlarning
ba‘zilari 
o’zgarmagan 
holda, 
ikkinchilari 
ma‘lum
modifikatsiyalarga uchragan (ko’pincha, fosfat kislota bilan
faollangan), uchinchilari esa boshqa komponentlar bilan
birikkan holda enzimning faol gruppasini tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan vitaminlariing barchasi suvda eriydigan
vitaminlar qatoriga kiradi, ularning ferment faolligida
qatnashuvi bu biokatalizatorlarning biologik funktsiyasini
belgilasa kerak. Ammo yogda eriydigan vitaminlar (A, D, E,
K) ning kofermentlik funktsiyasi va umuman, ularning
biologik jarayonlarda ishtirok etish yo’li aslida hozircha
aniq 
ma‘lumot 
yo’q. 
Kofermentlarni 
fermentativ
reaktsiyadagi funktsiyalari asosida quyidagi gruppalarga
bo’lish mumkin:
1) vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar — bu
gruppaga oksido-reduktaza sinfiga taalluqli fermentlar
bilan 
bogliq 
nikotinamidli 
kofermentlar, 
flavinli
kofermentlar, lipoat kislota va glutation kiradi;


2) gruppalarni kuchiruvchi kofermentlar — bular
qatoriga 
trasferazalzr 
sinfi 
bilan 
bog’liq 
bo’lgan
adenozintrifosfat, uglevodlar fosfatlari, apetillash (atsillash)
kofermenti, tetragidrofolat kislota hamda piridoksal (V)
fosfat va piridoksamin (V) fosfat kiradi;
3) sintez, izomerlanish va uglerod — uglerod boglarini
uzuvchi kofermentlar — bu gruppaga liazalar, izomerazalar
va ligazalar sinfiga oid fermentlar bilan bogliq bo’lgan
tiaminpirofosfat, biotin va kobamid kofermentlar kiradi.
Kofer mentlar orasida eng ko’p tarqalgani nukleotid tipidagi
birikmalar, kobamid kofermentlar va metalloporfirinlardir.

Yüklə 87,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin