A. N. Seversov qayd qilishicha, organizmlarning tarixiy rivojlanishida, odatda,
biologik
progressniig turli yo`nalishlari ya’ni adaptosiomorfizm almashinib turadi. Darvin ta’limotiga ko`ra,
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omili tabiiy tanlanishdir. Tabiiy tanlanishning yo`nalishi,
demak, evolyutsiya jarayonining yo`nalishi organizm va muhit o`rtasidagi murakkab
munosabatlar zaminida belgilanadi.
Bir tur tarqalgan arealda muhit sharoiti turli-tuman, deb taxmin qilaylik. U holda
turning ayrim organizmlar guruhi areal doirasida migratsiyaga uchrab, muhitning xilma-xil
abiotik va biotik omillariga duch keladi. Bunday holatda organizmlar orasidagi "muhitning
xususiy sharoitida emas, balki xilma-xil sharoitida yashashga imkon beradigan adaptatsiyalarga
ega formalar nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Agar tanlanish bosimi
organizmlarning xilma-xil
sharoitda hayotchanligini oshirishga qaratilgan bo`lsa, u holda organizmlarda keng doiradagi
adaptatsiyalar bilan bog`liq holda tuzilish bo`yicha murakkablashish ro`y beradi. Chunonchi,
mezozoy erasida yashagan dastlabki sut emizuvchi hayvonlar uncha yirik hayvonlar bo`lmasa
ham, chamasi, serpusht bo`lgan va oziq bilan yaxshi ta’minlangan. Lekin tirik tug`ish xossasi
hali rivojlanmagani uchun ular o`sha davrda yashagan yirtqich dinozavrlar va boshqa hayvonlar
ishtirokida ko`plab qirilgan. Yashash uchun kurash avj olgan bunday sharoitda rivojlanishning
xilma-xil yo`nalishi ular tuzilishi (bosh miya, nafas olish organlari, qon aylanish organlari, tirik
tug`ish) ning murakkablashishiga olib kelgan va nisbatan qisqa vaqt ichida sut emizuvchilar
rivojlanishining yuqori bosqichiga ko`tarilgan. Tarixiy rivojlanishda bunday aromorfoz
(orogenez) tipidagi o`zgarishlar sodir bo`lishi sut emizuvchilarning kamroq qirilishiga, ular
sonining ortishiga sabab bo`lgan. Son jihatdan ko`payish esa, o`z navbatida, yangi territoriyalarni
ishg`ol
qilishga, differensiyalanishga sababchi bo`lgan va oqibatda idioadaptatsiya (allogenez)
amalga oshgan. Shu yo`l bilan yashash uchun shiddatli kurash birmuncha bartaraf qilingan.
Boshqa hollarda organizmlar yashayotgan muhit uzoq tarixiy davr ichida o`zgarmay,
nisbatan turg`un holatda bo`ladi. Bunday hollarda yashash
uchun kurashda va tabiiy
tanlanishda mazkur sharoitga moslashgan formalar kelib chiqadi hamda idioadaptatsiya
(allogenez) yo`nalishi tufayli biologik progress vujudga keladi. Tarixiy rivojlanishda biologik
progressning turli yo`nalishlari o`zaro o`rin almashinib turadi. Lekin shunga qaramay,
degeneratsiya hamda ixtisoslashib rivojlanish yo`nalishiga o`tgan organizmlar keyinchalik qayta
aromorfoz bo`yicha rivojlana olmaydi. Bu holat degeneratsiya va ixtisoslashish evolyutsion
rivojlanish yo`nalishining boshi berk ko`chani tupiki ekanligi bilan sharhlanadi.
Shunday qilib, paleontologiya,
qiyosiy embriologiya, qiyosiy morfologiya dalillariga
asoslanib, A.N.Seversov hayvonot dunyosining tarixiy rivojlanish yo`nalishlarini tahlil qildi.
Uning mulohazasiga ko`ra, aromorfoz evolyutsion rivojlanishning asosiy yo`nalishi hisoblanadi,
chunki u hayvonlar tuzilishining murakkablashuviga sabab bo`ladi. Tarixiy jarayonda aromorfoz
idioadaptatsiya bilan o`rin almashinadi. Barcha hayvonlar o`z tarixiy rivojlanishida ertami-
kechmi idioadaptatsiya tipidagi yo`nalishni boshidan kechiradi. Organik rivojlanishning
boshlang`ich davrida prokariotlardan eukariotlar, ularning ba’zilari o`zgarishi natijasida esa
dastlabki ko`p hujayrali organizmlar aromorfoz yo`l bilan rivojlangan. Ko`p hujayralilarning ba’zi
guruhlari aromorfoz yo`li
bilan yanada rivojlanib, chuvalchanglar va umurtqasizlarning yanada
takomillashgan tiplarini vujudga keltirgan. Qayd etilgan organizmlarning boshqa guruhlari esa
keyinchalik bu yo`l bilan rivojlanmay, idioadaptatsiya yo`li bilan tevarak-atrof muhitga
moslashgan. Hayvonlar va o`simliklar guruhi ichida tuzilish darajasi har xil bo`lgan prokariotlar,
sodda hayvonlar, ibtidoiy ko`p hujayrali organizmlar, yassi, yumaloq,
halqali chuvalchanglar
yoki o`simliklardan ko`k-yashil, yashil, qo`ng`ir, qizil, diatom suv o`tlar hozirgi kunda ham
mavjudligi yuqoridagi fikrlarni isbotlovchi dalildir
Evolyutsiyaning turli yo`nalishlari o`zaro almashinib turishini umurtqali hayvonlarda ham
yaqqol ko`rish mumkin. Baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar,
qushlar, sut emizuvchilarning har biri o`zidan oldingi formalarga nisbatan murakkab tuzilgan.
Ular aromorfoz yo`li bilan rivojlangan. Ayni vaqtda har bir sinf vakillari aromorfozdan keyin,
muhitning xilma-xil sharoitiga idioadaptatsiya yo`li bilan moslashgan.
Seversov evolyutsiya