v) texnologik ta‘lim (10-12 sinflar).
O‗quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar
va universitetlarga kirish
huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga
imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan
o‗quvchilarning o‗rtacha 20-40 % attestat oladilar.
Shundan keyingi barcha toifadagi ta‘lim xizmatlari pullik.
O‗n sakiz yoshga kirgan o‗g‗il - qizlar
majburiy armiya xizmatiga
chaqiriladi.
Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga
o‗qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‗qishni davom
ettirishi yoki olgan kasbi bo‗yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‗qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‗qiydi,
lekin
istagan sinfdan so‗ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‗qishni
yakunlashi
mumkin. 15-16 sinflarda o‗qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va
bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‗ladi. Bunday sinflarga ega bo‗lgan
texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega
bo‗lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi.
Dostları ilə paylaş: