Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlikni 
tushuntiring? 
2. Kasbning inson oldiga qo‗yadigan talablari majmuasiga izoh bering? 
3. Kasb tanlashga yo‗naltirish uchburchagini tushuntiring?
4. Professiogrammaga qo‗yiladigan maxsus fazilatlarni sanang? 
5. Kasbiy bilimlarga zehnlilikka nimalar kiradi? 
6. SHaxsiy psixologik va pedagogik salohiyatga aniqlik kiriting? 
7. Kommunikativ (muomalaviy) xislatlarga nimalar kiradi?
8. Gnostik (bilishga oid) fazilatlarga nimalar kiradi? 
9. Ijodiy (kreativ) xislatlarga nimalar kiradi? 
5. CHET ELLARDA KASB-HUNARGA YO„NALTIRISH ISHLARI 
O‗zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‗p bosqichli ta‘lim 
tizimiga o‗tmoqda. Ta‘lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, 
ilg‗or tajribalar ta‘lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol 
hammamiz uchun o‗ta muhimdir.
Biz foydalanadigan ta‘lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil 
ishlashga o‗rgatishi zarur. CHet el tajribalarini o‗rganib, ularni sharoitimizga 
moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil 
davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Isroil davlatida ta‘lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga 
amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi): 
a) boshlang‗ich ta‘lim (1-4 sinflar), 
b) o‗rta ta‘lim (5-9 sinflar), 
Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo‗yicha bir kunda bitirish imtihonlari 
bo‗lib o‗tadi. Natijalari asosida o‗quvchilar o‗zi tanlagan maktab yoki 
texnologik maktablarda o‗qishni davom ettiradi. 


v) texnologik ta‘lim (10-12 sinflar). 
O‗quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish 
huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga 
imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan 
o‗quvchilarning o‗rtacha 20-40 % attestat oladilar.
Shundan keyingi barcha toifadagi ta‘lim xizmatlari pullik. 
O‗n sakiz yoshga kirgan o‗g‗il - qizlar majburiy armiya xizmatiga 
chaqiriladi.
Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga 
o‗qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‗qishni davom 
ettirishi yoki olgan kasbi bo‗yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‗qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‗qiydi, lekin 
istagan sinfdan so‗ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‗qishni yakunlashi 
mumkin. 15-16 sinflarda o‗qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va 
bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‗ladi. Bunday sinflarga ega bo‗lgan 
texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega 
bo‗lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin